Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 18
SENSORLI TAYYORLASH FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
8 ta Sensorli tayyorlash funksiyalari dasturlashtirilgan tayyorlash vaqtlarini o'z ichiga oladi.
Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi.
Siz Funksiyalarni tanlash doiraviy shkala dastasini buragan holda Sensorli tayyorlash 
toifasini o'zgartirishingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idish-tovoqlardan foydalaning.
1.  Сенсор (Sensorli tayyorlash) tugmasini bosing.
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan 
holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Avvaldan 
dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi 
sahifadagi jadvalda keltirilgan. Shu vaqtda taom turini tanlash 
uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
3.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
Agar harorat 60 °C dan yuqori bo'lsa, sovutish ventilyatori 3 daqiqa ishlaydi. Sensor 
uchun xavfsiz bo'lgan rejimga o'tishi uchun pech kerakli haroratgacha sovugunicha siz 
Сенсор (Sensorli tayyorlash) tugmasidan vaqtinchalik foydalana olmaysiz.
Quyidagi jadvalda 8 ta Sensorli tayyorlash dasturlari keltirilgan. Unda tayyorlagandan keyingi 
har bir element uchun tavsiya qilingan vazn diapazoni va tegishli ko'rsatmalar keltirilgan. 
Dasturning boshlanishida displey sensor davrini ko'rsatadi. Shu davrdan keyin tayyorlash vaqti 
va quvvat darajasi avtomatik ravishda hisoblanadi va qolgan tayyorlash vaqti namoyish qilinadi. 
Tayyorlash jarayoni siz uchun qulay bo'lishi uchun sensorli tizim tomonidan boshqariladi.
Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Ichimliklar
150-250 g
Suyuqlikni (xona haroratidagi) sopol piyola yoki stakanga 
quying. Berkitmagan holda isiting.
Aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Ularni 
pechda qoldiring. Ichimliklarni kutish vaqtidan avval va 
keyin yaxshilab aralashtiring. Piyolani olishda ehtiyot 
bo'ling (suyuqliklar uchun ko'rsatmalarga qarang). 
1-2 daqiqa kuting.
2
Brokkoli 
gulchalari
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan brokkolini yuving 
va tozalang hamda gulchalar tayyorlang. Ularni qopqoqli 
shisha idishga tekis joylashtiring. 30-45 ml (2-3 osh 
qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin 
aralashtiring.
Ushbu dastur brokkoli hamda qovoqchalar, baqlajonlar, 
oshqovoq yoki garmdorini tayyorlash uchun mosdir. 
1-2 daqiqa kuting.
3
Bo'laklangan 
sabzi 
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan sabzilarni yuving va 
tozalang hamda dumaloq bo'laklarga bir tekis to'rg'ang. 
Ularni qopqoqli shisha idishga joylashtiring. 30-45 ml 
(2-3 osh qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin 
aralashtiring.
Ushbu dastur bo'laklangan sabzi hamda gulkaram yoki 
bryukvani tayyorlash uchun mosdir. 1-2 daqiqa kuting.
4
Gulkaram 
gulchalari
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan gulkaram 
gulchalarini yuving va tozalang hamda gulchalar 
tayyorlang. Ularni qopqoqli shisha idishga tekis 
joylashtiring. 30-45 ml (2-3 osh qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin 
aralashtiring.
Ushbu dastur brokkoli hamda qovoqchalar, baqlajonlar, 
oshqovoq yoki garmdorini tayyorlash uchun mosdir. 
1-2 daqiqa kuting.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   18
2014-07-11     5:18:11