Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. 사용자 설명서

다운로드
페이지 192
O'zbek - 33
04
  PECHDAN FOYDALANISH
GRIL REJIMIDA TAYYORLASH
Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi.
•  Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular 
juda issiq bo'ladi.
•  Agar pastki taglikdan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.
1.  Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo'ying.
2.  Grill (Gril) tugmasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:
  (gril rejimi)
•  Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
grilda tayyorlash vaqtini o'rnating.
•  Grilda tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
4.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Grilda tayyorlash boshlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
AKSESSUARLARNI TANLASH
An'anaviy konveksiya rejimida tayyorlash oshxona anjomlarini talab 
qilmaydi. Biroq siz oddiy isitish shkafida foydalaniladigan oshxona 
anjomlaridan foydalanishingiz kerak.
Mikroto'lqinli rejimda foydalanish uchun mo'ljallangan idishlardan 
odatda konveksiya rejimida foydalanib bo'lmaydi; plastik konteynerlar, 
idishlar, qog'oz kosachalar, sochiqlar kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (mikroto'lqinlar va grill yoki konveksiya) tanlamoqchi 
bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin 
bo'lgan anjomlardan foydalaning.
Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida qo'shimcha 
ma'lumotlar olish uchun 35-36-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.
MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan 
birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan 
anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, 
chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi. 
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki 
ular qattiq qizdiriladi. Agar yuqori taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va 
qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.
Eshikni oching. Mahsulotlarni o'zingiz tayyorlamoqchi bo'lgan taom turiga yaxshiroq darajada 
mos bo'lgan taglikka joylashtiring. Taglikni aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.
1.  Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: 
Cb-1
(Mikroto'lqin + Gril)
2.  Displeyda Cb-1 ni ko'rsating va keyin Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: 
(mikroto'lqin va grildan birgalikda foydalanish rejimi)
600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)
3.  Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300 Vt) namoyish qilinmagunicha 
Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda tegishli 
quvvat darajasini tanlang. Shu vaqtda quvvat darajasini o'rnatish 
uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
•  Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
•  Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, avtomatik 
ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.
4.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlash vaqtini o'rnating.
•  Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
5.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
•  Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli signal 
beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. Keyin 
pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   33
2014-07-11     5:18:15