Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. 사용자 설명서
O'zbek - 35
05
IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bolalardan qulflash dasturi mavjud, u bola yoki
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
1. Bolalardan qulflash tugmasini uch soniya bosib turing.
Natija:
• Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab
bo'lmaydi).
• Displey "L" ni namoyish qiladi.
2. Pech qulfini ochish uchun Bolalardan qulflash tugmasini
3 soniya bosib turing.
Natija:
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
AYLANUVCHI PATNISNI YOQISH/O'CHIRISH
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasi aylanuvchi patnisni aylanishdan to'xtatgan
holda butun aylanuvchi patnisni to'ldiruvchi katta taomlarni tayyorlashga imkon beradi (faqat
qo'lda tayyorlash rejimida).
Natijalar qoniqarli bo'lmaydi, chunki bu holda tayyorlash bir tekis bormaydi.
Biz tayyorlash jarayonining yarmi o'tishi bilan taomni qo'lda ag'darishni tavsiya qilamiz.
Hech qachon pechda taom bo'lmagan holda aylanuvchi patnisni ishlatmang.
Sababi: Bu yong'inga yoki qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
1. Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasini bosing.
Natija:
Aylanuvchi patnis aylanmaydi.
2. Aylanuvchi patnisni yana aylantirish uchun Aylanuvchi
patnisni Yoqish/O'chirish tugmasini qayta bosing.
Natija:
Aylanuvchi patnis aylana boshlaydi.
Bu Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasidan faqat tayyorlash vaqtida
foydalanish mumkin.
OGOHLANTIRISH
idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.
Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli
pechlarda foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin.
Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda
foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli
pechda
foydalanish
uchun xavfsiz
Izohlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish
uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar folga
pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa yoki folga
juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan bo'lsa, elektr yoyi
hosil bo'lishi mumkin.
Qizartiruvchi idish
✓
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol
buyumlar
✓
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak
bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik
tog'orachalar
✓
Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan
mahsulotlar o'rami
• Polistirol stakanchalar va
• Polistirol stakanchalar va
konteynerlar
✓
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin.
Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
• Qog'oz paketlar yoki
gazetalar
✗
Yonib ketishi mumkin.
• Ikkilamchi xom-
ashyodan tayyorlangan
qog'oz yoki metall bezak
✗
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
(davomi)
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd 35
2014-07-11 5:18:15