Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. 사용자 설명서

다운로드
페이지 192
O'zbek - 36
taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
MIKROTO'LQINLAR
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan holda 
deyarli taomning ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu molekulalarning 
tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni 
tayyorlaydi.
TAOM TAYYORLASH
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash uchun 
mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan 
po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa 
hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun tayyorlashda metall idishlardan 
foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki 
muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va 
go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, 
sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda 
oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash 
mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga 
qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv 
tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni yopib qo'yishning 
turli usullaridan foydalanish mumkin: masalan, sopol tarelka, plastmassa qopqoq yoki mos 
yopishqoq plyonkadan foydalanish mumkin.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning 
tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli 
pechda 
foydalanish 
uchun xavfsiz
Izohlar
Shisha idish
•  Toblangan shishadan 
tayyorlangan idish
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
•  Yupqa shisha idish
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin. 
Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi yoki yorilishi 
mumkin.
•  Shisha bankalar
Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish uchun yaroqli.
Metall
• Idishlar
Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
•  Paketlarni bog'lash 
uchun buralgan simlar
Qog'oz
•  Tarelkalar, stakanchalar, 
salfetkalar va oshxona 
qog'ozi
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Shuningdek, 
ortiqcha namlikni yutish uchun yaroqli.
•  Ikkilamchi xomashyodan 
qayta ishlangan qog'oz
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
• Konteynerlar
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik 
bo'lsa. Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta'sirida 
qiyshayib qolishi, rangini yo'qotishi mumkin. Melaminli 
plastikdan foydalanmang.
•  Qoplovchi plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin. 
Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda 
ehtiyot bo'ling, chunki tashqariga issiq bug' chiqadi.
•  Muzlatish uchun 
paketlar
✓ ✗
Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda 
ishlatish uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan 
bo'lmasligi kerak. Zarurat tug'ilganida, ularni vilka 
bilan teshing.
Parafinlangan yoki yog' 
o'tkazmaydigan qog'oz
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish 
uchun ishlatilishi mumkin.
: Tavsiya etiladi
✓✗
:  Ehtiyotkorlik bilan 
foydalaning
:   Foydalanish 
xavfsiz emas
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   36
2014-07-11     5:18:15