Samsung Електрична духова шафа NV5000H із подвійною системою готування (подвійною конвекцією), 70 л Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 42
Bug‘da tozalashni to‘xtatgandan so‘ng
•  Bug'da tozalash jarayoni tugashidan avval eshikchani ochganda ehtiyot 
bo'ling; pech tubidagi suv qaynoq.
•  Hech qachon qoldiq suvlarni pech ichida uzoq vaqt, masalan, tun davomida 
qoldirmang.
•  Pech eshikchasini oching va qolgan suvlarni gubka bilan olib tashlang.
•  Kir yuvish vositasida namlangan gubka, yumshoq cho‘tka yoki neylon 
cho‘tka bilan pech ichini arting. Qotib qolgan dog'larni neylon mochalka bilan 
ketkazish mumkin.
•  Limon qoldiqlarini uksus shimdirilgan latta bilan ketkazish mumkin.
•  Toza suv bilan tozalab arting va yumshoq mato bilan quriting (pech eshigidagi 
tamg‘a ostini artishni unutmang).
•  Agar pech kuchli kirlangan bo'lsa, bu jarayonni pechda taom tayyorlagandan 
keyin takrorlash mumkin.
•  Agar pech, masalan, qovurish yoki grilda tayyorlagandan keyin yog' bilan og'ir 
kirlangan bo'lsa, pechni tozalash funksiyasini faollashtirishdan avval qotgan 
dog'larni yuvish vositasi bilan artish tavsiya qilinadi.
•  Ichki emal yuzasining to'liq qurishi uchun tozalagandan keyin pech 
eshikchasini 15° qiya ochib qo'ying.
KatalItIK EMal YUza (IXtIYorIY)
Olib qo'yiluvchi qoplama to'q kulrang katalitik emal qilan qoplangan, bu konveksiyali 
qizdirish vaqtida aylanuvchi havo bilan tarqatiladigan moy va hayvon yog'lari bilan 
qoplanishi mumkin. Bu qoplamalar pechning harorati 200 °C darajasidan oshgandan 
keyin yonib ketadi.
1.  Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2.  Pechning ichki yuzasini tozalagandan so‘ng, bir soat davomida pechni 250 °C da 
konveksiyaga qo‘yib qo‘ying.
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb   42
2014-07-11     1:57:42