Samsung Електрична духова шафа NV5000H із подвійною системою готування (подвійною конвекцією), 70 л Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 43
06  tozalash va qarov
sUv to'PlaGIChINI tozalash (IXtIYorIY)
Suv to'plagichi pechda juda nam taomlar 
tayyorlanayotganida namlikdan to'planadigan suvni yig'ish 
uchun mo'ljallangan. Suv to'plagichida taomlarning qoldiqlari 
yig'ilib qolishi mumkin. Agar u tozalanmasa, pechni o'rab 
turuvchi jihoz shikastlanishi mumkin. Jihozingizni himoyalash 
uchun pechda taom tayyorlagan so'ng suv to'plagichini 
tozalab turing.
OGOHLANTIRISH: Agar taom tayyorlaganingizdan 
so'ng suv to'plagichidan suvning sizib chiqishini 
payqasangiz, bizning xizmat markazimiz bilan bog'laning.
tEzKor qUrItIsh
1.  Pech eshigini 30° burchakda ochib qo‘ying.
2.  Bittalik rejim uchun Bo'limni tanlash tugmasini bosing.
3.  Tayyorlash rejimini tanlash tugmasini bosing.
4.  Konveksiya uchun Vaqt/harorat boshqaruvi tugmasini bosing.
5.  Tayyorlash vaqtini 5 daqiqa va haroratni 50 °C qilib qo‘ying.
6.  Bu davr tugashi bilan pechni o'chiring.
OGOHLANTIRISH: Pechni tozalashda yuqori bosimli suvli tozalagichlar yoki 
sepgichlardan foydalanmang.
qo'lDa tozalash
OGOHLANTIRISH: Pech va uning anjomlarini tozalashdan oldin ular sovuq 
ekanligini tekshiring. Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka 
yoki lattalar, po'lat yung, pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
•  Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi 
yoki iliq sovunli suvdan foydalaning.
•  Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
•  Pechning emal yuzasini shikastlanishdan saqlash uchun oddiy pech 
tozalagichlaridan foydalaning.
•  Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pech eshigi, dastasi va displeyi kabi pechning tashqi qismlarini tozalash uchun 
toza latta va sust yuvish vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va ularni 
qog'oz sochiq yoki quruq sochiq bilan artib, quriting.
Pechdan chiqayotgan issiq havo tufayli tutqich yoki tugmachalar tezda yog'li kir 
bilan qoplanib qolishlari mumkin, shuning uchun pechni ishlatganingizdan so'ng 
tutqich bilan tugmachalarni tozalang.
anjomlar
Anjomlarni har safar foydalangandan keyin yuving va choy sochig'i bilan quriting. Zarur 
bo'lgan hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvni shimdiring.
suv to'plagichi
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb   43
2014-07-11     1:57:42