Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 14
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri 
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Agar sizda pechning ishlashi to'g'risida 
shubhalar bo'lsa, 45-46-sahifadagi "Nosozliklarni bartaraf etish" bo'limiga qarang.
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga 
aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq 
qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga 
yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.
Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching.
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing va 
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini kerakli marta 
bosgan holda 4 yoki 5 daqiqaga bo'lgan vaqtni o'rnating.
Natija: 
 Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. 
Keyin suv qaynashi kerak.
VAQTNI BELGILASH
Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik 
ravishda namoyish qilinadi.
Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi 
mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:
•  Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
•  Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin
Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni 
to'g'rilashni unutmang.
1.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
2.  Vaqtni namoyish qilish turini o'rnatish uchun Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini burang. (12H yoki 24H)
3.  O'rnatishni tugallash uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini bosing.
4.  Soatni o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini burang.
5.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
6.  Daqiqani o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini burang.
7.  Displeyda to'g'ri vaqt namoyish qilinganda soat ishlay boshlashi 
uchun yana Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
Natija: 
Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt 
ko'rsatiladi.
TAOM TAYYORLASH/ISITISH
Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. 
Eshikchani yoping. Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.
1.  СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:
  (mikroto'lqin rejimi)
2.  Tegishli quvvat darajasi namoyish qilingunicha Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini burang. 
Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu vaqtda Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini bosing.
•  Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, 
avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga 
o'zgaradi.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlash vaqtini o'rnating.
Natija: 
Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   14
2014-07-11     5:18:10