Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 16
QUVVATNI TEJASH REJIMINI O'RNATISH
Ushbu pech quvvatni tejash rejimi nilan jihozlangan.
•  СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Natija: 
Displey o'chadi.
•  Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani oching 
yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing, 
keyin displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi. Shundan keyin 
pech foydalanish uchun tayyor bo'ladi.
Quvvatlarni avtomatik tejash funksiyasi 
Agar siz qurilma o'rnatish o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtab turish holatida 
bo'lganida birorta ham funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va 
25 daqiqadan keyin soat namoyish qilinadi. 
5 daqiqadan keyin eshikcha ochilgan holda pech chirog'i o'chadi.
NOZIL QOVURGAN HOLDA TAYYORLASH 
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Nozik qovurish xususiyatlari 12 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlariga ega. 
Tayyorlash vaqtlari yoki quvvat darajalarini o'rnatishingiz shart emas.
Siz Здоровое поджаривание (Nozik qovurish) tugmasini bosish orqali nozik qovurish 
tayyorlash toifasini o'zgartirishingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan 
anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, 
chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi. DOIMO pechdagi 
idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.
1.  Здоровое поджаривание (Nozik qovurish) tugmasini 
bosing.
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali 
taom toifasini tanlang va Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini bosing. 
1) Kartoshka/Sabzavotlar 
2) Dengiz taomlari 
3) Tovuq
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali 
tayyorlamoqchi bo'lgan taom turini tanlang. 
Turli avvaldan dasturlangan sozlanmalar to'g'risida ma'lumot 
olish uchun keyingi sahifadagi jadvalga qarang. 
Taom turini tanlash uchun shu vaqtda Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini bosing.
4.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
porsiya miqdorini tanlang.
5.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Quyidagi jadvalda qovurish uchun 12 ta Nozik qovurish avtomatik dasturi taqdim etiladi. 
U miqdorlar va tegishli tavsiyalarni o'z ichiga oladi.  
Siz mazali natijalarga erishgan holda yog'da qovurgichga nisbatan kamroq yog'dan 
foydalanasiz. Dasturlar konveksiya, yuqori isitgich va mikroto'lqin quvvati bilan birgalikda 
foydalanish asosida ishlaydi.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   16
2014-07-11     5:18:11