Samsung RF24 Холодильник с диспенсером для приготовления газированной воды, 495 л User Manual

Page of 188
Fransuzcha eshikli muzlatgichni 
ishlatish
BOSHQARUV PANELIDAN 
FOYDALANISH
(1)
(2)
(3)
(4)
(14)
(14)
(5)
(6)
(12)
(7)
(8)
(10)
(9)
(13)
(13)
(11)
( 1 )
Freezer (Power Freeze (3 sec)) (Muzlatish 
(Kuchli muzlatish (3 son))) tugmasi
"Freezer" (Muzlatish) tugmasi ikki vazifani 
bajaradi:
 
- Muzxonani o‘zingiz xohlagan haroratga 
o‘rnatish uchun.
 
- "Power Freeze" (Kuchli muzlatish) funksiyasini 
yoqish yoki o‘chirish uchun.
1)  Muzlatish haroratini o'rnatish uchun Freezer 
(Muzlatish) tugmasiga teging va Muzlatish 
kamerasini o'zingiz xohlagan haroratga 
o'rnating. 
Siz haroratni -15 °C bilan -23 °C o'rtasida 
o'rnatishingiz mumkin.
2)  "Power Freeze" (Kuchli Muzlatish) funksiyasi
Muzlatish kamerasidagi mahsulotlarning 
muzlatish vaqtini kamaytirish uchun ushbu 
tugmani 3 soniya bosib turing.
Agar tez ayniydigan narsalarni tezda muzlatish 
zarur bo‘lsa yoki muzlatish kamerasi harorati 
keskin ilib ketgan bo‘lsa, bu funksiya sizga 
yordam beradi (Masalan, eshik ochiq qolgan 
bo‘lsa).
Bu funksiyadan foydalanilganda muzlatgichning 
quvvat iste'moli ortadi. 
Kerak bo'lmagan payt bu funksiyani o'chirib 
qo'ying va muzlatkichni dastlabki harorat 
sozlamasiga qaytaring. 
Agar ko'p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini 
muzlatish kerak bo'lsa, Power Freeze (Kuchli 
muzlatish) funksiyasini kamida 20 soat oldin 
faollashtiring.
( 2 )
Alarm (Filter Reset (3 sec)) (Signal (Filtrni 
qayta o'rnatish (3 son))) tugmasi
"Alarm" (Signal) tugmasi ikki vazifani bajaradi:
 
- Eshikni ochish signalini yoqish va o'chirish 
uchun
 
- Suv filtri ko‘rsatkichini yangilash uchun.
1)  Eshik signali funksiyasi
Agar eshik signali Yoqish-ga o'rnatilgan bo'lsa, 
muzlatgich eshigi uch soniyadan ortiq vaqt 
ochiq qoldirilgan hollarda tovushli signal beriladi. 
Eshikni yopishingiz bilan tovushli signal 
to'xtaydi. Zavodda tovushli signal avvaldan 
Yoqish-ga o'rnatiladi. 
Alarm (Signal) tugmasini bosish va keyin qo'yib 
yuborish orqali siz uni o'chirib qo'yishingiz 
mumkin. 
Xuddi shu tarzda uni qayta yoqib qo'yishingiz 
mumkin.
Funksiya yoqilganda tasvircha yonadi.
Ehsik signali funksiyasi yoqilganda va tovushli 
signal berilayotganda Eshik signali tasvirchasi 
miltillaydi.
2)  Suv filtrining ishlash hayoti ko‘rsatkichi 
funksiyasi
Suv filtrini almashtirganingizdan so‘ng, uning 
ishlash hayoti ko‘rsatkichini nolga keltirish uchun 
ushbu tugmani 3 soniya bosib turing. 
Suv filtrining ishlash hayoti ko‘rsatkichini 
qaytadan o'rnatganingizda paneldagi Filtr 
tasvirchasi o'chadi. 
Olti oydan (taxminan 300 gallon) keyin suv filtrini 
almashtirish vaqti kelganligini bildirish uchun Filtr 
tasvirchasi qizil yona boshlaydi. 
Ba’zi hududlarda suv tarkibida loyqa va quyqum 
ko‘p bo‘lgani uchun suv filtri tezroq to‘lib qolishi 
mumkin. 
Agar bu sizning hududingizga ham tegishli 
bo'lsa, suv filtrini olti oydan kamroq bo'lgan 
muddatda almashtirishingizga to'g'ri keladi.
O'zbekcha - 30
DA68-03022F-07.indb   30
DA68-03022F-07.indb   30
2017. 2. 7.   
 4:36
2017. 2. 7.   
 4:36