Redmond RMC-260 Manuel D’Utilisation

Page de 120
83
RMC-260
UZB
Ushbu mahsulotdan foydalanishni boshlashdan avval undan foydalanish 
bo’yicha qo’llanmani diqqat bilan o’qib chiqing va uni kelajakda foydalan-
ish uchun saqlang. Jihozdan to’g’ri foydalanish uning xizmat ko’rsatish 
muddatini anchagina uzaytiradi.
XAVFSIZLIK CHORALARI
• Texnika xavfsizligi talablariga va mahsu-
lotdan foydalanish qoidalariga amal qil-
maslik natijasida yetkazilgan shikastlanish-
lar uchun ishlab chiqaruvchi javobgarlikni 
o’z zimmasiga olmaydi. 
• Ushbu elektr jihozi maishiy sharoitlarda 
taom tayyorlash uchun mo’ljallangan ko’p 
funksiyali qurilma hisoblanadi va u kvarti-
rada,  shahardan  tashqaridagi  uylarda, 
mehmonxonalarda, do’konlarning maishiy 
xonalarida, ofislarda yoki nosanoat maqsad-
larida  foydalanishning  boshqa  shunga 
o’xshash sharoitlarida qo’llanilishi mumkin. 
Qurilmadan sanoat maqsadlarida yoki qu-
rilma  mo’ljallanmagan  boshqa  istalgan 
maqsadlarda foydalanish mahsulotdan te-
gishli tarzda foydalanish shartlarining buz-
ilishi hisoblanadi. Bunday hollarda ishlab 
chiqaruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan oqi-
batlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga 
olmaydi. 
• Qurilmani elektr tarmog’iga ulashdan avval 
undagi kuchlanishning jihoz ta’minoti nom-
inal kuchlanishiga mos ekanligini tekshiring 
(mahsulot texnik xususiyatlari yoki zavodda 
yopishtirilgan yorliqqa qarang).
• Jihozning  iste’mol  qiladigan  quvvatiga 
mo’ljallangan  uzaytirgichdan  foydala- 
ning, —  parametrlarning  mos  kelmasligi 
qisqa tutashuv yoki kabelning yonishiga 
olib kelishi mumkin. 
• Jihozni  faqat  yerga  ulangan  rozetkaga  
ulang — bu elektr toki urishidan himoya 
qilishning amal qilinishi shart bo’lgan tala-
bidir. Uzaytirgichdan foydalanganda uning 
ham  yerga  ulanganligiga  ishonch  hosil  
qiling.
DIQQAT! Jihoz ishlagan vaqtda uning korpusi, jom 
va metall detallari qiziydi! Ehtiyot bo’ling! Os-
hxona  qo’lqoplaridan  foydalaning.  Qaynoq 
bug’dan kuyishni oldini olish uchun qopqoqni 
ochgan vaqtda jihoz ustiga engashmang.