Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Foydalanish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Vilkani rozetkaga nam qo'llaringiz bilan ushlamang.
-  Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich kamerasi ustiga narsalar qo'ymang.
-  Muzlatgich kamerasi eshigini ochganingizda yoki yopganingizda uning ustidagi narsalar 
tushib ketishi va shaxsiy jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich osti yoki orqasiga qo'l, oyoq yoki (ovqatlanish tayoqchalari va shu kabi) metall 
buyumlarni tiqmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
-  O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich kameraning ichki devorlariga yoki muzlatgich kameraga joylashtirilgan mahsulotlarga 
nam qo'llaringiz bilan tegmang.
-  Bu sovuq urishga olib kelishi mumkin.
•  Suv to'ldirilgan idishni muzlatgich ustiga qo'ymang.
-  Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi 
mumkin.
•  Uchuvchan yoki yonuvchan buyumlar yoki moddalarni (benzol, suyultirgichlar, propan gazi, spirt, 
efir, suyultirilgan gaz va shunga o'xshash boshqa narsalarni) muzlatgichda saqlamang.
-  Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
-  Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
•  Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
-  Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va 
shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.
•  Bolalar muzlatgich eshigiga yoki eshik sandiqchasiga osilishiga yo'l qo'ymang. Bunday qilish 
jiddiy jarohatga sabab bo'lishi mumkin.
•  Bolalarning muzlatgich ichiga kirib olishlariga yo'l qo'ymang. Ichida qamalib qolishlari mumkin.
•  Qo'llaringizni moslamaning ostki qismiga tiqmang.
-  O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgichda farmatsevtika mahsulotlari, ilmiy tadqiqot ashyolari yoki haroratga sezgir 
mahsulotlarni saqlamang.
-  Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni muzlatgichda saqlamang.
•  Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo'lmasa, muzlatkich/muzxona ichiga elektr jihozlarini 
joylashtirmang yoki ulardan foydalanmang.
•  Agar dori yoki tutun hidini sezib qolsangiz, zudlik bilan elektr quvvati vilkasini sug'uirib oling va 
Samsung Electronics xizmati markaziga murojaat qiling.
Untitled-33   8
2016-03-17     6:19:12