Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
10 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Muzxona polkasini teskarisiga qo'ymang. Polka probkasi ishlamasligi mumkin.
-  Bu shisha polkaning tushib ketishi tufayli shaxsning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
•  Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va 
shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.
•  Gaz chiqishi aniqlangan hollarda har qanday ochiq olov yoki uchqun chiqazuvchi manbalardan 
uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.
-  Qurilma yoki elektr kabeliga tugmang.
-  Shamollatgichdan foydalanmang.
-  Uchqun portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Faqat ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi xodim bergan LED lampalaridan foydalaning.
•  Shisha idishlari tushib ketmasligi uchun, muzlatgich ichida ular bir-biriga zich joylashtirilishi 
kerak.
•  Ushbu muzlatgich faqat uy muhitida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchungina mo'ljallangan.
•  Suv dispenseri teshigiga, muz tarnovi yoki muz tayyorlagich chelagiga barmoqlaringizni yoki 
boshqa buyumlarni tiqmang.
-  Bu shaxsiy tan jarohati olish yoki moddiy zarar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Muzlatgichni o'zboshimcha tuzatish, qismlarga ajratish yoki o'zgartirish kiritishga harakat 
qilmang.
•  Standart saqlagichdan boshqa (mis, p'olat sim va h.k.z. singari) saqlagichlardan foydalanmang.
•  Agar muzlatgichingizni tuzatish yoki boshqatdan o'rnatish kerak bo'lsa, yaqin oradagi xizmat 
markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan 
bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
•  Agar ichki yoki tashqi LED chiroqlari kuygan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat 
qiling.
•  Agar muzlatgichdan kuygan hid chiqsa yoki tutun paydo bo'lsa uni rozetkadan ajrating va darhol 
hududingizdagi Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki tan jarohat olish xavfini 
tug‘diradi.
•  Muzlatgichning ichki lampochkasini almashtirishdan oldin elektr quvvati vilkasini rozetkadan 
tortib chiqarib oling.
-  Aks holda elektr tokidan zarba olish xavfi mavjud.
•  Agar siz LED bo'lmagan chiroqni almashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan bo'lsangiz, 
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
•  Agar mahsulotlar LED lampa bilan jihozlangan bo'lsa, lampa qopqog‘i va LED lampani 
o‘zboshimchalik bilan bo‘shatib olmang.
-  Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
•  Elektr quvvati vilkasini devordagi rozetkaga tiqing.
Untitled-33   10
2016-03-17     6:19:12