Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
O'zbek  11 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Shikastlangan elektr quvvati vilkasi, elektr kabeli yoki liqillab turgan rozetkadan foydalanmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Foydalanish bo'yicha ehtiyotkorlik choralari
DIQQAT
•  To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang. Muzlatkich bo'lmasiga gazlangan 
yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha idishlarni muzlatgich kameraga 
qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy jarohat yetkazishi mumkin.
•  Faqat muzlatgich bilan birga berilgan muz tayyorlagichdan foydalaning.
•  Muzlatgichga faqat ichimlik suvini ulang. Muz tayyorlagich to‘g‘ri ishlashi uchun suv bosimi 20 
~ 125 psi (138 ~ 862 kPa) bo‘lishi kerak. Agar uzoq vaqt uyda bo‘lmasangiz (masalan, ta’tilda 
bo‘lsangiz), va suv yoki muz dispenserini ishlatmaydigan bo‘lsangiz, suv klapanini yopib qo‘ying.
-  Aks holda, suv sizib chiqishi mumkin.
•  Agar muzlatgichni uzoq vaqt (3 haftadan ortiq) ishlatmaydigan bo‘lsangiz, uning ichini bo‘shatib, 
muz chelagini olib qo‘ying, keyin tokdan ajratib, suvni yoping, ichki devorlaridagi namni artib 
tashlang va hid chiqmasligi va mog‘or bosmasligi uchun eshiklarini ochiq qoldiring.
•  Mahsulotdan samarali foydalanish uchun:
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini jihozning orqa tarafidagi havo teshiklariga yaqin qo'ymang, chunki 
bu muzlatgich ichida havo bemalol aylanishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichga joylashtirishdan avval tegishli tarzda o'rang yoki 
germetik idishlarga soling.
-  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang. Ular muzlab qolib 
yorilishi mumkin. Ichimliklarning yorilgan idishlari jarohat yetkazishi mumkin.
-  Muzlatilgan mahsulotlarning eng ko'p saqlash vaqti va yaroqlilik muddatlariga amal qiling.
-  Agar uch haftadan kam muddatga ketsangiz, uni tokdan ajratib qo‘yish shart emas. Ammo uch 
haftadan uzoqroq muddatga ketsangiz, oziq-ovqat mahsulotlarini va muz chelagidagi muzni 
chiqarib tashlab, muzlatgichni tokdan ajrating, suvni yoping, ichki devorlaridagi namni artib 
tashlang va hid chiqmasligi va mog‘or bosmasligi uchun eshiklarini ochiq qoldiring.
•  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang.
-  Konteyner muzlashi va sinishi, bu esa jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
•  Muzlatkich bo'lmasiga gazlangan yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha 
idishlarni muzlatgich kameraga qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy tan jarohati yoki mulkka zarar 
yetkazishi mumkin.
Untitled-33   11
2016-03-17     6:19:12