Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
O'zbek  49 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Agar muzlatgich bilan g'ayrioddiy vaziyat yuz bersa, avval quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni 
bajarib ko'ring.
Umumiy
Alomat
Harakat
Ishlamayapti yoki 
sovutmayapti.
•  Elektr simi tegishli ravishda ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Harorat to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Pastroq harorat 
qo‘yib ko‘ring.
•  Muzlatgichni quyosh nurlari yoki issiqlik manbaidan uzoqroq 
bo'lishini ta'minlang. Shunday qilmasangiz, sovutish samarasiga 
ta'sir bo'ladi.
•  Muzlatgichning yonlari va orqa tarafida devordan yoki xonadan 
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling. Shunday 
qilmasangiz, sovutish samarasiga ta'sir bo'ladi.
•  Juda ko'p oziq-ovqat joylashtirsangiz, muzlatgichda havo 
aylanishini to'sib qo'yishi mumkin. Muzlatgichning normal ishlashini 
ta'minlash uchun ichiga juda ko'p oziq-ovqat qo'ymang.
Muzlatgich ichidagi 
oziq-ovqat muzlab 
qolmoqda.
•  Harorat eng past darajaga o'rnatilib qolmaganmikan, tekshirib 
ko'ring. Bu holda, balandroq yoki optimal haroratga o‘zgartiring.
•  Bu holat agar atrofdagi harorat juda past bo'lsa ham yuz berishi 
mumkin. Balandroq haroratga qo'ying.
•  Ko'proq suyuqligi bor oziq-ovqat muzlatgichning eng sovuq 
qismiga yoki sovuq havo haydaydigan ventilyator oldiga turib 
qolmaganligini tekshiring. Agar shunday bo'lsa, uni muzlatgichning 
boshqa javoniga ko'chiring.
Shovqin chiqarmoqda.
•  Muzlatgich barqaror, tekis joyda o'rnatilganligiga ishonch hosil 
qiling.
•  Muzlatgichning yonlari va orqa tarafida devordan yoki xonadan 
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling.
•  Muzlatgich ichida yoki ostida kir narsalar yoki begona narsalarni 
saqlamang.
•  Muzlatgich ichidagi anjomlar bir-biriga tekkanida yoki 
kengayganida, tiqillagan tovush chiqishi mumkin. Bu tizimdagi 
xatolik emas.
Nosozliklarni bartaraf qilish
Untitled-33   49
2016-03-17     6:19:22