Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek
50 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Alomat
Harakat
Old burchaklari va 
yonlari isib kondensat 
hosil qilmoqda.
•  Kondensat hosil bo'lishining oldini olish maqsadida, old 
burchaklarda issiqlikka bardosh beruvchi naychalar o'rnatilgan. 
Agar atrofdagi harorat oshsa, ushbu qurilma samarali ishlamasligi 
mumkin. Bu tizimdagi xatolik emas.
•  Eshiklar to'g'ri yopilayotganligiga ishonch hosil qiling. Eshikni biroz 
vaqt ochiq qoldirsangiz, kondensat hosil bo‘lishi mumkin.
•  Kondensat muzlatgichning tashqi yuzasida ham hosil bo‘lishi 
mumkin, buning sababi nam havo muzlatgichning muzdek yuzasiga 
tekkanidan bo‘lishi mumkin.
Muz hosil qilgich muz 
hosil qilmayapti.
•  Muzlatgich muz hosil qilish uchun 12 soat kutishingiz kerak.
•  Muz hosil qilayotganda, muz hosil qilgich to'xtab qolmaganligiga 
ishonch hosil qiling.
•  Suv idishi suv bilan to'ldirilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Muz tayyorlagich chelagida muzlar bir-biriga yopishib qolgan 
bo‘lishi mumkin. Bu holda, chelakni bo‘shatib, qayta urinib ko‘ring.
Suv dispenseri ishlamay 
qolsa.
•  Suv idishi muzlab qolmaganligini tekshiring. Agar muzlab qolgan 
bo'lsa, muzlatgichning yuqoriroq haroratini tanlang.
•  Suv idishi suv bilan to'ldirilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Suv idishi to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Filtr to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Shildirab oqayotgan 
tovush eshitilmoqda.
•  Muzlatgich sovutish paytida shunday ovoz chiqaradi, bu normal 
holat hisoblanadi.
Muzlatgich ichidan 
badbo'y hid chiqmoqda.
•  Aynigan taomlar yo'qligini tekshiring. Muzlatgichni tez-tez tozalab 
turishingizni va har qanday aynigan yoki shubhali oziq-ovqatlarni 
chiqarib tashlashingizni maslahat beramiz.
•  Hidi qattiq chiqadigan oziq-ovqatlarni yaxshilab o'rashni unutmang.
Ichki devorlarda qirov 
hosil bo'lmoqda.
•  Muzlatgichning havo chiqadigan teshiklari oziq-ovqat bilan to'silib 
qolmaganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, havo aylanishi 
bir tekis bo'lishi uchun oziq-ovqatlarni to'g'ri qo'yish muhim 
hisoblanadi.
•  Eshiklar to'g'ri yopilayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ichki devorlarida 
yoki sabzavotlarning 
atroflarida kondensat 
hosil bo'lmoqda.
•  Bunga sabab, katta miqdorda suvga ega oziq-ovqat usti yopilmagan 
holda saqlanishi yoki muzlatgich eshigi bir muddat ochiq qolgan 
bo'lishi mumkin.
•  Oziq-ovqat usti yopilgan yoki qopqog'i yopiladigan idishda 
saqlanishiga ishonch hosil qiling.
Untitled-33   50
2016-03-17     6:19:22