Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O'zbek
12 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•  Agar sovitkich suv bilan to'lib qolgan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish markaziga 
murojaat qiling.
-  Tok urishi yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.
Tozalash paytida ehtiyotkorlik choralari
DIQQAT
•  Sovitkich ichiga yoki tashqi qismiga bevosita suv sepmang.
-  Yong‘in chiqishi yoki tok urishi xavfi mavjud.
•  Sovitkich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang.
•  Yomon hidlarni ketkazish uchun sovitkich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Displeyga to'g'ridan-to'g'ri tozalash vositalarini sepmang.
-  Displeydagi chop qilingan harflar o'chib ketishi mumkin.
•  Jihoz ichiga suv kabi o'zga moddalar tushgan bo'lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat 
manbaidan uzing va manzilingizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi xodimga murojaat 
qiling.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik tok urishi yoki yong‘in chiqish xavfini tug‘diradi.
•  Vilka uchlaridan begona narsalarni yoki changni tozalab tashlash uchun toza, quruq matodan 
foydalaning. Vilkani tozalayotganda, ho'l yoki nam lattadan foydalanmang. 
-  Aks holda, tok urishi yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.
•  Jihozni unga to'g'ridan-to'g'ri suv sepish bilan tozalamang.
•  Tozalash uchun benzin, suyultirgich yoki matolarni oqartirgichdan, xlordan foydalanmang.
-  Ular jihoz yuzasini shikastlashi va yong'inga olib kelishi mumkin.
•  Tozalashdan yoki xizmat ko'rsatishdan avval jihozni rozetkadan ajrating.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik tok urishi yoki yong‘in chiqish xavfini tug‘diradi.
Chiqitga chiqarish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Ushbu jihozning o'rama materiallarini atrof-muhitga zararsiz tarzda chiqitga chiqaring.
•  Chiqitga chiqazishdan oldin jihoz orqa tarafidagi naychalardan birortasi ham 
shikastlanmaganligini ta'minlang.
•  Sovitish moddasi sifatida R-600a yoki R-134a ishlatiladi. Ushbu sovitkichda qaysi sovitish 
moddasi ishlatilayotganini ko‘rish uchun jihozning orqa tarafidagi kompressor yorlig‘i yoki 
sovitkich ichidagi pasport yozuvlarini tekshirib ko‘ring. Agar ushbu mahsulotda o't oluvchi 
gaz (Refrigerant R-600a) bo'lsa, uni xavfsiz chiqitga chiqarish masalasida mahalliy hokimiyat 
idorasiga murojaat qiling.
Untitled-3   12
2017-02-06     6:02:55