Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
O'zbek  11 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
Foydalanish bo'yicha ehtiyotkorlik choralari
DIQQAT
•  To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang. Muzxona bo'lmasiga gazlangan 
yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha idishlarni muzxonaga qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy jarohat yetkazishi mumkin.
•  Mahsulotdan samarali foydalanish uchun:
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini jihozning orqa tarafidagi havo teshiklariga yaqin qo'ymang, chunki 
bu sovitkich ichida havo bemalol aylanishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini sovitkichga joylashtirishdan avval tegishli tarzda o'rang yoki 
germetik idishlarga soling.
-  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang. Ular muzlab qolib 
yorilishi mumkin. Ichimliklarning yorilgan idishlari jarohat yetkazishi mumkin.
-  Muzlatilgan mahsulotlarning eng ko'p saqlash vaqti va yaroqlilik muddatlariga amal qiling.
•  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang.
-  Konteyner muzlashi va sinishi, bu esa jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
•  Muzxona bo'lmasiga gazlangan yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha 
idishlarni muzxonaga qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy tan jarohati yoki mulkka zarar 
yetkazishi mumkin.
•  Xizmat kafolati va modifikatsiya.
-  Ushbu mukammal jihozga 3-shaxslar tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar va modifikatsiyalar 
na Samsung xizmat ko‘rsatish kafolati bilan qoplanadi va na Samsung ushbu kiritilgan 
o‘zgartirishlar natijasida yuzaga kelgan xavfsizlik muammolari va shikastlanishlarga oid 
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
•  Sovitkich ichidagi havo yo'llarini to'sib qo'ymang.
-  Agar havo almashtirish tirqishlari ayniqsa plastik paketlar bilan to'sib qo'yilsa, sovitkich 
ortiqcha sovib ketishi mumkin. Agar ushbu sovitish davri haddan tashqari uzoq vaqt davom 
etsa, suv filtri buzilishi va suvning chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Ichkaridagi oshiqcha namlikni artib oling va eshiklarni ochiq qoldiring.
-  Aks holda, hid va mog'or paydo bo'lishi mumkin.
•  Agar sovitkich elektr ta'minotidan uzilgan bo'lsa, uni qayta ulash uchun kamida besh daqiqa 
kutishingiz kerak bo'ladi.
•  Sovitkichga suv tekkanda, elektr quvvati vilkasini chiqarib oling va Samsung Electronics xizmat 
markaziga murojaat qiling.
•  Har qanday shishali yuzaga zarba bermang yoki qattiq kuch ishlatmang.
-  Singan shisha odamga jarohat va/yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin.
Untitled-3   11
2017-02-06     6:02:55