Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
O'zbek  3 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•  Yangi Samsung sovitkichidan foydalanishdan avval ushbu yangi jihozdan xavfsiz va samarali 
foydalanishni ta’minlash maqsadida xususiyat va funksiyalarni bilish uchun ushbu qo‘llanmani 
yaxshilab o‘qib chiqing.
•  Bu jihoz jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilim va tajribalari yetarli 
bo'lmagan shaxslar (jumladan, bolalar), toki ular ushbu jihozdan foydalanishda nazorat 
qilinmasalar yoki ularning xavfsizliklari uchun javobgar shaxs ularga ushbu jihozdan foydalanish 
haqida ko‘rsatmalar bermagan bo‘lsa, foydalanishlari uchun mo‘ljallanmagan.
•  Agar ular nazorat ostida bo‘lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu 
jihozdan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, bu jihozdan 8 yoki undan kattaroq 
yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli 
bo‘lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin. Bolalarga jihoz bilan o‘ynash taqiqlanadi. Tozalash 
va texnik xizmat ko‘rsatishni bolalar nazoratsiz amalga oshirmasligi kerak.
•  Ushbu qo‘llanmadagi Ogohlantirishlar va Muhim xavfsizlik ko‘rsatmalari yuzaga kelish ehtimoli 
bo‘lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi. Umumiy ehtiyotkorlik choralarini 
ko‘rish va jihozingizni o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish va ishlatish paytida ehtiyot bo‘lishda o‘zingiz 
mas’ul hisoblanasiz.
•  Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli bo‘lganligi 
sababli sovitkichingizning xususiyatlari ushbu qo‘llanmada keltirilgan xususiyatlardan biroz 
farq qilishi mumkin. Agar savol yoki noaniqlik tug‘ilsa, yaqinroqda joylashgan xizmat ko‘rsatish 
markaziga murojaat qiling yoki tegishli yordam va kerakli ma’lumotlarni www.samsung.com 
saytidan oling.
•  Sovitish moddasi sifatida R-600a yoki R-134a ishlatiladi. Ushbu sovitkichda qaysi sovitish 
moddasi ishlatilayotganini ko‘rish uchun jihozning orqa tarafidagi kompressor yorlig‘i yoki 
sovitkich ichidagi pasport yozuvlarini tekshirib ko‘ring. Agar ushbu mahsulotda o‘t oluvchi gaz 
(R-600a sovitish moddasi) bo‘lsa, uni xavfsiz chiqitga chiqarish masalasida vakolatli muassasaga 
murojaat qiling.
•  Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasi 
hosil bo‘lmasligi uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo‘lgan xonaning o‘lchami foydalanilgan 
sovitish moddasi miqdoriga bog‘liq bo‘lishi kerak.
•  Jihozda shikastlanish alomati bor bo‘lsa, uni yoqmang. Agar shubhangiz bo‘lsa, dilerga 
murojaat qiling. Jihozga quyilgan har 8 gramm R-600a sovitish moddasi uchun xonada 1 m³ 
o‘lchamdagi joy bo‘lishi kerak. Jihozingizdagi sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi 
identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.
•  Naychalardan otilib chiqayotgan sovitish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi 
mumkin. Naychadan muzlatish moddasi oqayotganda, uning yaqinida olov yonib turishiga yo'l 
qo'ymang, har qanday yonuvchan narsani mahsulot oldidan nariga oling va zudlik bilan xonani 
shamollating.
-  Ushbu talablarga rioya qilmaslik yong'inni yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
Untitled-3   3
2017-02-06     6:02:55