Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
O'zbek  5 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O‘rnatishga oid jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Sovitkichni nam yoki unga suv tegishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.
-  Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishiga yoki yong'inga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Ushbu sovitkichni bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa issiqlik 
chiqaradigan jihozlar oldiga joylashtirmang.
•  Bir nechta jihozni bitta uzaytirgichga ulamang. Sovitkich har doim alohida elektr rozetkasiga 
ulangan holda turishi va undagi quvvat kuchlanishi zavod taxtachasida qayd etilgan 
kuchlanishga mos kelishi kerak.
-  Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi hamda uydagi elektr quvvat 
zanjirlarining ortiqcha yuklanishining oldini oladi. Ortiqcha yuklanish o'z o'rnida simlarning 
qizib ketishiga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
•  Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.
-  Tok urishi yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.
•  Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylari bor kabeldan foydalanmang.
•  Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni qo‘ymang.
•  Elektr kabelini tortmang yoki haddan ziyod bukmang.
•  Elektr kabelini buramang yoki tugmang.
•  Elektr kabelini metal narsalarga ilmang, ustiga og'ir narsani qo'ymang, narsalar orasiga kiritmang 
yoki jihoz orqasidagi joyga tiqmang.
•  Sovitkichni boshqa joyga ko'chirish vaqtida jihozni o'zining elektr kabeli ustidan surish yoki 
kabelning shikastlanishidan ehtiyot bo'ling.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Hech qachon sovitkichingizni simidan tortib rozetkadan sug‘urmang. Doimo vilkani mahkam 
ushlab rozetkadan qiyshaytirmasdan sug‘uring.
-  Elektr simining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Ushbu jihoz ichida katalizatorga ega aerozol idishlar kabi portlovchi narsalarni saqlamang.
•  Jihozni isitgich va yonuvchi material yoniga o'rnatmang.
•  Gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylar oldiga ushbu jihozni o'rnatmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Ushbu sovitkichdan foydalanishni boshlashdan avval uni ko'rsatmalarga muvofiq tegishli 
ravishda joylashtirish va o'rnatish shart.
•  Elektr vilkani elektr manbasiga to'g'ri holatda ulang va kabel pastga osilib turishi kerak.
-  Agar vilka yuqori qismi pastga qaragan holda ulansa, kabel qirqilib ketishi va yong'inga yoki 
tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Untitled-3   5
2017-02-06     6:02:55