Samsung MS22M8054AK Manuel D’Utilisation

Page de 192
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
36  O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Guruch va makaron mahsulotlarini tayyorlash bo'yicha qo'llanma
• 
Guruch: Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning - tayyorlash jarayonida 
guruchning hajmi ikki marta ortadi. Yopilgan holda pishiring. Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan kutishdan avval 
guruchni aralashtiring va tuz yoki o'tlar va yog' qo'shing. 
Eslatma: tayyorlash vaqti tugaganida guruch suvni to‘liq shimib olmagan bo'lishi mumkin.
• 
Makaron: Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan katta kosadan foydalaning. Qaynoq suv, bir chimdim tuz 
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. Pishirish vaqti va undan keyin vaqti-vaqti 
bilan aralashtirib turing. Kutib turish vaqtida qopqoq bilan yoping, keyin suvini qoldirmasdan to'kib tashlang.
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Quvvat
Vaqt (daq.)
Oq guruch (bug'langan)
250 g
850 Vt
14-16
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Jigarrang guruch 
(bug'langan)
250 g
850 Vt
18-20
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Guruch aralashmasi 
(guruch + yovvoyi guruch)
250 g
850 Vt
15-17
Ko'rsatmalar
500 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Aralash bo'tqa (guruch + 
boshoqli o'tlar)
250 g
850 Vt
16-18
Ko'rsatmalar
400 ml sovuq suv qo‘shing. 5 daqiqa kuting.
Makaron
250 g
850 Vt
10-11
Ko'rsatmalar
1000 ml issiq suv qo'shing. 5 daqiqa kuting.
Isitish
Ushbu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin.
Keyingi betdagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C 
dan +20 °C gacha bo'lgan xona haroratiga ega bo'lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo'lgan 
sovutilgan mahsulotlar uchun ko'rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling - ularni uzoq vaqt isitishga to'g'ri keladi va chetlari 
haddan tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklar anchagina yaxshi isiydi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 850 Vt quvvatda isitish mumkin bo‘lsa, boshqalarini 600 Vt, 450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish 
kerak bo‘ladi.
Qo'shimcha ko'rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda kamroq quvvatda juda tez isiydigan tansiq 
taomlar, katta miqdorsdagi taomlar va ovqatlarini isitish qulay (masalan, shirin piroglar). Yaxshi natija olish uchun taomni 
isitish paytida aralashtirib turing yoki ag'daring. Iloji bo'lsa, dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. Suyuqliklar 
va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish 
uchun isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto'lqinli pechda qoldiring. Suyuqlikka 
plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo'l qo'ymang (bunda taom 
buzilishi mumkin). Kamroq isitish vaqtini o'rnatish, keyin esa zarur bo'lgan hollarda vaqt qo'shish ma'qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va shu qiymatdan keyinchalik 
foydalaning. Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring. Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi 
uchun biroz kuting. Agar jadvalda boshqa qiymat ko'rsatilmagan bo'lsa, jadvalda boshqasi tavsiya qilinmagan bo'lsa, 
kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi. Suyuqliklar va bolalarning ovqatini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana "Ehtiyot 
choralari" bo'limiga qarang.
Untitled-10   36
2017-02-24     2:02:51