Samsung WF60F4EBW2W Manuel D’Utilisation

Page de 184
O’zbek - 32
Chiqindi filtrini tozalash
Biz chiqindi filtrini yiliga 5-6 marta yoki “5E” xatolik kodi namoyish qilinganda tozalashni tavsiya qilamiz. Agar chiqindi filtrida begona 
moddalar to’planib qolsa, Eco Bubble (Ekologik ko’pik) funksiyasining ishlash samaradorligi pasayadi.
DIQQAT: Chiqindi filtrini tozalashdan avval kir yuvish mashinasini elektr rozetkasidan uzilganligiga ishonch hosil qiling.
DIQQAT: Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda chiqindi filtrini ajratib olmang, chunki issiq suv oqib chiqishi mumkin.
1.  Tanga yoki kalitdan foydalanib filtr qopqog’ini oching.
2.  Qolgan suvlarni chiqarib tashlang (31-betdagi Favqulodda holatlarda kir yuvish 
Agar siz chiqindi filtrini qolgan suvlarni chiqarib tashlamasdan ajratib olsangiz, 
qolgan suv sachrashi mumkin.
3.  Uni chapga buragan holda 
(A) chiqindi filtri qopqog’ini
 bo’shating.
A
4.  Chiqindi filtridan kirlar yoki boshqa materiallarni yuvib tashlang. Chiqindi filtri 
orqasidagi suv chiqarish nasosi parragining to’silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
5.  Chiqindi filtrini qayta joyiga qo’ying.
6.  Filtr qopqog’ini yoping.
Tozalangandan keyin chiqindi filtrining qayta joyiga qo’yilganligiga ishonch hosil 
qiling. Agar chiqindi filtri kir yuvish mashinasiga qayta o’rnatilmagan bo’lsa, kir 
yuvish mashinasi noto’g’ri ishlashi yoki suv oqib ketishi mumkin.
Tozalangandan keyin chiqindi filtrini zich qilib joylashtiring. Bunday qilmaslik 
noto’g’ri ishlash yoki suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasining tashqi yuzasini tozalash
1.  Kir yuvish mashinasining yuzalarini, jumladan boshqaruv panelini noabraziv maishiy tozalash vositalaridan foydalangan holda 
yumshoq latta bilan arting.
2.  Yuzalarni quritish uchun yumshoq quruq lattadan foydalaning.
DIQQAT: Kir yuvish mashinasi ustidan suv quymang.
Untitled-6   32
2014-01-10   �� 12:55:10