Samsung NV3000H Электрический духовой шкаф с технологией Dual Fan, 70 л Manuel D’Utilisation

Page de 120
O'zbek - 4
ushbu qo'llanmadan foydalanish
SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, va unga texnik 
xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan 
kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Ushbu qo'llanma matnida quyidagi belgilardan foydalaniladi:
OGOHLANTIRISH yoki DIQQAT
IZOH yoki MA'LUMOT
xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu 
qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun 
javobgardir.
 
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan 
yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan 
bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun 
javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish 
to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan 
hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz 
kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki 
ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli 
agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga 
ulanish to'plamiga almashtirish zarur. (Faqat mahkamlanuvchi 
simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, 
xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat 
ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi 
kerak. (Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri turidagi model)
Ushub moslama o'rnatgandan so'ng yetkazib beruvchidan 
ajratilishga ruxsat berilishi kerak. Vilkaga yetish yoki ulash 
qoidalariga asoslangan holda statsionar prokladkadagi 
viklyuchatelni yoqish orqali uzilishga erishsa bo'ladi.
Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd   4
2014-07-16     4:37:56