Samsung NV3000H Электрический духовой шкаф с технологией Dual Fan, 70 л Manuel D’Utilisation

Page de 120
O'zbek - 5
Mahkamlash usuli yelimlovchi vositalardan foydalanishga 
mo'ljallanmagan, agar vositalar ishonchli mahkamlash vositasi 
hisoblansa, bundan mustasno.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish 
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin 
bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan uzoqroq 
saqlash kerak.
Agar ushbu moslama bug'ga yoki o'zini o'zi tozalash 
funksiyasiga ega bo'lsa, tozalash yoki o'zini o'zi tozalash 
opsiyalaridan foydalanishdan oldin suv to'kilib ketishning oldi 
olinishi va barcha anjomlar olib tashlanishi kerak.
Agar bu qurilma o'z-o'zini tozalash funksiyasiga ega bo'lsa, o'z-
o'zini tozalash vaqtida yuzalar odatdagiga qaraganda qattiqroq 
qizishi mumkin va bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l 
qo'ymaslik kerak. (Faqat tozalash funksiyasi modeli)
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan 
foydalaning. (Faqat harorat datchigiga ega bo'lgan model)
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr 
toki urishini oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
Pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv materiallar 
yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular 
shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa oynada darzlar paydo 
bo'lishiga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan 
qismlar foydalanish vaqtida issiq bo'ladi.
Isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish 
kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy 
nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik 
yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki 
ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini tushingan holda 
foydalanishi mumkin. Bolalar moslama bilan o'ynashi mumkin 
emas. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan 
nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
01
  USHBU QO'LLANMADAN FOYDALANISH VA XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd   5
2014-07-16     4:37:56