Samsung CE118PTR-X Manuel D’Utilisation

Page de 192
O'zbek - 2
xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
USHBU YO'RIQNOMADAN FOYDALANISH
Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto'lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu "Foydalanuvchi 
qo'llanmasi"da mazkur mikroto'lqinli pech yordamida taom tayyorlash to'g'risida muhim 
ma'lumotlar mavjud:
•  Ehtiyotkorlik choralari
•  Mos keladigan aksessuarlar va idishlar
•  Taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahatlar
•  Taom tayyorlash bo'yicha maslahatlar
BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash 
jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash 
yengil jarohat olish yoki mulklarning buzilishiga olib kelishi 
mumkin.
Ogohlantirish; Yonish xavfi mavjud
Ogohlantirish; Issiq yuza
Ogohlantirish; Elektr toki mavjud
Ogohlantirish; Portlovchi moddalar
Kuch ISHLATMANG.
TEGMANG.
Qismlarga AJRATMANG.
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli 
vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun 
mashinaning yerga ulanganligiga 
ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat 
ko'rsatish markaziga murojaat 
qiling.
Izoh
Muhim
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA 
KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN 
SAQLAB QO'YING.
Ushbu xavfsizlik ko'rsatmalariga xar doim amal 
qilinishiga ishonch hosil qiling.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi 
ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil 
qiling.
 
OGOHLANTIRISH  
(Faqat mikroto'lqin funksiyasi)
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha 
zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli 
shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik 
kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining 
ta'siridan himoya qiluvchi qopqoqni ochish bilan 
bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli shaxs 
tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Suyuqliklar va boshqa taomlar 
mahkam yopilgan idishlarda isitilmasligi kerak, chunki 
ular portlab ketishlari mumkin.
Ushbu qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun 
mo'ljallangan.
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd   2
2014-07-16     4:42:34