Samsung GT-N5110 중요 안전 수칙

다운로드
페이지 558
O'zbek 
531
Xavfsizlik ma’lumoti
Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi 
axborotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga mos 
kelmasligi mumkin. O‘zingiz va atrofdagilarga shikast yetkazmaslik 
va qurilmani nosozliklardan saqlash uchun ushbu qurilmadan 
foydalanishdan oldin xavfsizlik ma'lumotlarini o‘qib chiqing.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal 
qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib 
kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan 
elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga 
sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash 
qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang
Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki 
uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga 
keltirmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning 
zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.