Samsung GT-N5110 중요 안전 수칙

다운로드
페이지 558
O'zbek 
532
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida 
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash 
qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning
•  Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning 
xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi 
mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab 
bo‘lishi mumkin.
•  Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun 
mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos 
kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar 
yetkazishi mumkin.
•  Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki ta’minotlardan 
foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bo‘la 
olmaydi.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va 
zararlamang
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va 
joylashtiring
•  Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki 
batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan 
qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi 
mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy 
qonunlarga rioya qiling.
•  Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
•  Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv 
yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan 
himoyalang
•  Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.
•  Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va 
batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
•  Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang, chunki 
bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni yuzaga keltiradi 
yoki batareyani zararlaydi.
•  Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.