Samsung SM-R760 중요 안전 수칙

다운로드
페이지 765
747
O'zbek 
Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya 
qilish qoidalari
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan 
mamlakatlar uchun mo‘ljallangan)
Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu 
belgi shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya 
maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi 
lozim. Belgi qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar 
batareya tarkibida simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori EC 
Direktiv 2006/66 darajalaridan yuqoriligini bildiradi.
Ushbu mahsulot tarkibiga kiritilgan batareya foydalanuvchi 
tomonidan joylashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Uni joylashtirish 
bo‘yicha ma’lumotlarni xizmat ta’minotchingizdan olishingiz 
mumkin. Batareyani olishga yoki uni olovga tashlashga urinmang. 
Batareyani qismlarga ajratmang. siqmang yoki teshmang. Agar 
Siz mahsulot tashlab yubormoqchi bo‘lsangiz, chiqindilarni yig‘ish 
joylarida mahsulotlarni, jumladan, batareyalarni ham, utilizatsiya 
qilish va qayta ishlash bo‘yicha tegishli choralar qo‘llaniladi.
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi 
tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo 
belgisi va/yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan 
himoyalangan. Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy 
notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir 
tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta’minotchisi tomonidan 
ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas. 
Yuqoridagilarga tayangan holda, agar tarkib egasi yoki xizmat 
ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa, quyidagilarni bajarish 
ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan har qanday 
tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab 
olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy 
ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.