Samsung SM-R760 중요 안전 수칙

다운로드
페이지 765
748
O'zbek 
“UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI 
KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI 
ISTALGAN MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA 
ISHLATILISHI TA’MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG 
NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT’IYAN RAD ETADI, MA’LUM 
MAQSADNI KO‘ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN 
CHEKLAMAY, ULARNI O‘Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG 
HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI 
XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI, 
QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN, 
USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARDAN 
YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI 
KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO‘LISHIDAN 
QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN 
YETKAZILGAN ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR 
YOKI BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI.”
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib 
qo‘yilishi mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan 
ma’lum bir muddat davomida foydalanish mumkinligi haqida 
hech qanday tasdiq yoki kafolat bermaydi. Uchinchi tomon 
tarkib va xizmatlari Samsung tomonidan nazorat qilinmaydigan 
uzatish tarmoqlari va vositalari orqali uzatiladi. Ushbu qo‘shimcha 
shartlarni chegaralamagan holda, Samsung ushbu qurilma orqali 
foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning to‘xtatilishi 
yoki uzib qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘yniga 
olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni 
qo‘llab-quvvatlash uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan 
bog‘liq har qanday so‘rov yoki yordam uchun ushbu tarkib yoki 
xizmat ta’minotchilariga murojaat qilinishi lozim.