Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
Ishlatish amallari
O'zbek
30 
Ishlatish amallari
06 Tarmoqqa ulanish (faqat tegishli modellarda)
Samsung Smart Home ilovasi orqali sovitkichni boshqarish uchun ixtiyoriy ravishda Smart Home 
kalitidan foydalanish mumkin (alohida sotiladi). Samsung Smart Home to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot 
uchun Samsung Smart Home bo‘limini ko‘ring.
IZOH
•  Tavsiya qilingan shifrlash tizimlari WPA/TKIP va WPA2/AES ni o'z ichiga oladi. Bundan yangiroq 
yoki standartlashtirilmagan Wi-Fi autentifikatsiya protokollari bilan ishlamaydi. 
•  Simsiz tarmoqlarga atrofdagi simsiz aloqa muhiti ta'siri ko'rsatishi mumkin.
•  Agar internet provayderingiz qurilmani aniqlash uchun kompyuter yoki modemingizning MAC 
manzilini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, Samsung Smart sovitkichi internetga ulana olmasligi 
mumkin. Bu holat ro‘y bersa, texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling.
•  Tarmoq tizimining fayrvol sozlamalari Samsung Smart sovitkichini internetga ulanishiga yo‘l 
qo‘ymasligi mumkin. Texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling. Bu holat 
davom etsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markazi yoki sotuvchiga murojaat qiling.
•  Simsiz kirish nuqtasi (KN) sozlamalarini sozlash uchun KN foydalanuvchi qo‘llanmasiga qarang.
•  Samsung Smart Home kaliti xususiyatiga ega Samsung Smart sovitkichlari ham IEEE 802.11 
b/g/n xususiyatli Wi-Fi 2.4 Ggs, ham bevosita Soft-AP protokollarini qo'llab-quvvatlaydi (IEEE 
802.11 n tavsiya etiladi).
•  Tasdiqdan o‘tmagan Wi-Fi simsiz routerlar tegishli Samsung sovitkichlariga ulanmasligi mumkin.
Samsung Smart Home (faqat qo'llanilgan modellarda)
O‘rnatish
Google Play Store, Galaxy Apps yoki Apple App Store’ga tashrif buyuring va “Samsung Smart 
Home”ni qidiring. Aqlli qurilmangizga Samsung Electronics tomonidan taqdim etiladigan Samsung 
Smart Home ilovasini yuklab oling va o‘rnating.
IZOH
•  Samsung Smart Home ilovasi Android 4.0 (ICS) yoki undan keyingi versiyalarda yoki iOS 
7.0 yoki undan keyingi versiyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, Samsung smartfonlari uchun 
optimallashtirilgandir (Galaxy S va Galaxy Note seriyalari). Boshqa smartfon modellarida ayrim 
funksiyalar boshqacha ishlashi mumkin. 
•  Ishlab chiqaruvchining tartib-qoidasiga ko‘ra, samaradorlikni oshirish maqsadida Samsung Smart 
Home ilovasi bildirishsiz o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Samsung hisob qaydnomasi
Ilovadan foydalanishingiz uchun Samsung hisob qaydnomangizni ro'yxatidan o'tkazishingiz talab 
qilinadi. Agar sizda Samsung hisob qaydnomasi bo'lmasa, bepul Samsung hisob qaydnomasini 
yaratish uchun ilova ekranidagi ko'rsatmalarni bajaring.
Untitled-20   30
2016-03-16     3:34:52