Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
O'zbek  31 
Ishlatish amallari
Boshlash
1.  Taqdim qilingan Smart Home kalitini sovitkichning tegishli portiga kiriting.
2.  Samsung Smart Home ilovasini ishga tushiring va Samsung hisob qaydnomangiz bilan tizimga 
kiring. iPhone foydalanuvchilari har safar ilovaga kirganlarida tizimga kirish ma'lumotlarini 
taqdim qilishlari kerak.
3.  Device (Qurilma) > + tasvirchasiga kiring, so'ngra Refrigerator (Muzlatgich) tugmasiga teging.
4.  Router haqida tegishli ma'lumotlarni taqdim qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring va 
Next (Keyingi) tugmasiga teging.
5.  Fridge (Sovitish) tugmasini ekranda "AP" xabari paydo bo'lguniga qadar 5 soniya davomida 
bosing va ushlab turing. Muzlatgichingiz ilovada ro'yxatdan o'tkaziladi.
6.  Qurilmani ro'yxatdan o'tkazish nihoyasiga yetganida Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich 
tasvirchasi paydo bo'ladi.
7.  Muzlatgich sahifasini ochish uchun muzlatgich tasvirchasiga teging.
8.  Tarmoq ulanishi amalga oshirilganda muzlatgichingizda Wi-Fi tasvirchasi yonadi. 
Muzlatgich ilovasi
Integratsiyalangan boshqaruv
Siz muzlatgichingizni uyda yoki tashqarida yurganingizda nazorat qilishingiz mumkin.
•  Muzlatgich sahifasini ochish uchun Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich tasvirchasini 
oching.
•  Muzlatgichingizning ishlash holati yoki xabarnomasini tekshiring va zarurat bo'lsa opsiyalarni 
yoki sozlamalarni o'zgartiring.
IZOH
Muzlatgichning ba'zi opsiyalari yoki sozlamalarini masofadan boshqarish mumkin bo'lmasligi 
mumkin.
Untitled-20   31
2016-03-16     3:34:52