Справочник Пользователя для Samsung VC 21 K 5130 VB

Скачать
Страница из 84
O‘zbek
4
TA
YY
OR
GARLIK
Xavfsizlikka oid muhim yo‘l-yo‘riqlar
Elektr jihozdan foydalanayotganda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, jumladan:
OGOHLANTIRISH
Ushbu changyutkich faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan.
Bu changyutkichdan qurilish chiqindilari va qiyqimlarni tozalashda 
foydalanmang.
Filtrlarda mayda zarrali chang yig‘ilmasligi uchun ularni muntazam 
ravishda tozalab turing. Filtr shakli o‘zgargan bo‘lsa, uni almashtiring.
Changyutkichni birorta filtri olib tashlangan paytida ishlatmang. 
Gilam tozalash vositasi, xushbo‘ylatgich, kukun yoki mayda zarrali 
changni tortib olganidan so‘ng changquti va filtrlarni doim tozalang.
Bu talablarga rioya qilinmasa, ichki qismlarga zarar yetishi va kafolat 
yo‘qqa chiqishi mumkin.
Umumiy
•  Barcha yo‘l-yo‘riqlarni diqqat bilan o‘qing. Jihozni yoqishdan oldin, 
sizdagi elektr ta’minoti kuchlanishining changyutkich tagidagi tasnif 
taxtachasida ko‘rsatilgan kuchlanishga mos kelishiga amin bo‘ling.
•  OGOHLANTIRISH : Gilam yoki pol ho‘l bo‘lganida, changyutkichni 
ishlatmang.
•  Har qanday jihoz bolalar tomonidan yoki bolalar yaqinida 
ishlatilganida, nazorat ostida tutish zarur. Changyutkichni o‘yinchoq 
sifatida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymang. Changyutkich hech qachon 
nazoratsiz holda ishlab turmasin. Changyutkichdan faqat shu 
yo‘riqnomada keltirilgan maqsadlardagina foydalaning.
•  Changyutkichni changqutisiz ishlatmang.
•  Yuqori samaradorlikda ishlashi uchun changquti to‘lmasidan oldin 
bo‘shatib turing.
 
4_VC5100_UZ_00744G-00_CIS.indd   4
2016-05-17   오후 2:29:57