Справочник Пользователя для Samsung VC 21 K 5130 VB

Скачать
Страница из 84
O‘zbek 5
TA
YY
OR
GARLIK
•  Changyutkichni gugurt donalari, cho‘g‘ yoki sigareta qoldiqlarini 
tortib olish uchun ishlatmang. Changyutkichni plita va boshqa issiqlik 
manbalaridan uzoqda tuting. Issiqlik natijasida jihozning plastik 
qismlarining shakli o‘zgarishi va rangi o‘chishi mumkin.
•  Changyutkich bilan qattiq, o‘tkir jismlarni tortib olmang, ular ichki 
qismlarga zarar yetkazishi mumkin.
•  Shlang bo‘laklari ustidan bosib turmang. Shlang ustiga og‘irlik 
qo‘ymang.
•  So‘rish yoki chiqarish portini to‘sib qo‘ymang.
•  Changyutkichni rozetkadan sug‘urishdan oldin uning korpusidagi 
tugmadan o‘chiring. Changqutini bo‘shatishdan oldin vilkani rozetkadan 
sug‘uring. Zarar yetmasligi uchun rozetkaning o‘zini ushlab torting, 
shnuridan tortmang.
•  Bu jihozdan 8 yoshli va undan katta bolalar hamda jismoniy, sezgi va 
ruhiy jihatdan nuqsonli kishilar yoki tajribasiz kishilar foydalanishlari 
mumkin, buning uchun ular nazorat ostida ishlatishi yoki jihozdan 
xavfsiz foydalanish yuzasidan yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishlari hamda 
jihozni ishlatish xatarlarini tushungan bo‘lishlari kerak. Bolalar bu jihoz 
bilan o‘ynamasliklari kerak. Bolalar nazorat ostida bo‘lmasa, bu jihozni 
tozalashi yoki profilaktika qilishlari mumkin emas.
•  Bolalar bu jihoz bilan o‘ynamasliklarini nazorat qilib turish kerak.
•  Jihozni tozalash yoki texnik xizmat ko‘rsatishdan oldin uni rozetkadan 
ajratish kerak.
•  Uzaytirgichdan foydalanishni maslahat bermaymiz.
•  Agar changyutkich to‘g‘ri ishlamayotgan bo‘lsa, uni tokdan o‘chirib, 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli agentga murojaat qiling.
•  Agar elektr kabeli shikastlangan bo‘lsa, xatarning oldini olish uchun 
u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko‘rsatish agenti yoki malakali 
shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
 
4_VC5100_UZ_00744G-00_CIS.indd   5
2016-05-17   오후 2:29:57