Samsung Galaxy Tab A 9.7 SM-T 550 16 Gb черный 用户手册

下载
页码 729
O'zbek 
698
Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki 
uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasi yoki qurilmada qisqa tutashuvlarni yuzaga 
keltirmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga, batareyaning 
zararlanishi yoki portlashiga olib kelishi mumkin.
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida 
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash 
qurilmalari, aksessuarlar va ta’minotdan foydalaning
•  Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, 
qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning 
buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki 
batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun 
mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos 
kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy 
zarar yetkazishi mumkin.
•  Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki 
ta’minotlardan foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi 
uchun javobgar bo‘la olmaydi.
Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingizda olib 
yurmang
•  Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u 
portlashi yoki yonib ketishi mumkin.
•  Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi mumkin.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va 
zararlamang