Samsung Galaxy Tab A 9.7 SM-T 550 16 Gb черный 用户手册

下载
页码 729
O'zbek 
700
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining 
suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan 
moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi 
mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sababchi 
bo‘lishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
•  Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib 
kelishi mumkin.
•  Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
•  Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga 
ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga 
kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi 
mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani 
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin 
tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.
Diqqat
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal 
qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning 
zararlanishiga olib kelishi mumkin
Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida 
foydalanmang
•  Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi. 
Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.