Samsung Galaxy Tab A 9.7 SM-T 550 16 Gb черный 用户手册

下载
页码 729
O'zbek 
710
•  Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy 
ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini 
o‘zgartiring.
•  Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni 
namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.
Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni 
tarqatmang
Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan 
materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar 
buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining 
mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy 
foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar 
emas.
Zararli dastur va viruslar
Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun 
quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat 
tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab 
bo‘lishi mumkin
•  Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.
•  Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.
•  Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan 
xabarlarni o‘chiring.
•  Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.
•  Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.
•  Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish 
mavjudligini tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
•  Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin 
antivirus dasturini ishga tushiring.
•  Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni 
tekshirish uchun ularni ishga tushiring.
•  Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion 
tizimini o‘zgartirmang.