Samsung Galaxy Tab A 9.7 SM-T 550 16 Gb черный 用户手册

下载
页码 729
O'zbek 
711
SAR sertifikatlari haqida ma‘lumot
Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun 
www.samsung.com/sar saytiga tashrif 
buyuring va qurilmangizni model raqami bo‘yicha qidiring.
Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari
(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
uchun mo‘ljallangan)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni 
anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol 
uchun quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar 
bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va insonlarga 
zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta ishlash 
va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish 
uchun iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan 
ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz 
utilizatsiya qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi 
ma’lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy 
hokimiyat organidan olishlari mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid 
qilish shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu 
mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat 
chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.