Samsung ME83KRQW-3 用户手册

下载
页码 144
O’zbek - 9
01
  
XA
VFSIZLIK T
O'G'RISID
A MA'L
UMO
TLAR
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday 
buyumlarni qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, 
insektitsidlarni sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. 
Tarkibida spirt bo'lgan taomlar va ichimliklarni 
isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt bug'lari 
pechning isitilgan qismariga tegib ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni 
pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular 
o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini 
eshikchaga qisib olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni 
pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib 
kelishi mumkin, shuning uchun bunday holatning 
oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan muomala 
qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday 
holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga 
imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin 
DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan 
hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin 
uni DOIMO aralashtiring.
Kuyib qolganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish 
bo'yicha quyidagi harakatlarni bajaring:
•  Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga 
botirib turing.
•  Toza quruq latta bilan bog'lang.
•  Hech qanday krem, moy yoki losyon 
surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq 
patnis yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis 
yoki taglikning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish 
uchun foydalanmang, chunki yog' haroratini 
boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq 
suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi 
mumkin. 
 
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi 
idishlardan foydalaning; Metalldan yasalgan 
konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan 
oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan 
FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan 
oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa 
pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli 
pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha 
isib ketishi yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni 
qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga 
botirilishiga yo'l qo'ymang va kabelni issiqlik 
manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni 
mikroto'lqinli pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular 
hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham 
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin; 
Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, 
konteynerlar, butun yong'oq, pomidor kabilarni isitish 
mumkin emas.
ME83KRQW-1_BW_DE68-04285B-01_UZ.indd   9
2015-01-30     2:09:18