Samsung ME83KRQW-3 用户手册

下载
页码 144
O’zbek - 10
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY 
TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR CHORALARI. 
(FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning 
organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a)  Har qanday holatda ham eshigi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, 
blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka 
qiluvchi kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b)  Pech eshigi va old panel orasiga hech qanday buyum QO'YMANG, zichlovchi 
yuzalarda ovqat yoki tozalash vositalarining qoldiqlari to'planishiga yo'l 
qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi 
yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, 
tozalikda saqlang.
(c)  Pech buzilgan bo'lsa, uni ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan 
mikroto'lqinli buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis ta'mirlanmagunicha 
undan FOYDALANMANG. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar 
shikastlanmagani juda muhim:
(1) eshikcha (qiyshaygan)
(2) eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(d)  Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan 
o'tgan mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis 
tomonidan bajarilishi kerak.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz 
tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik 
defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan 
elementlarga quyidagilar kiradi:
(a)  Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv 
paneli.
(b)  Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki panjara.
•  Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilinganidek, undan foydalanish 
uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi 
ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar 
bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. 
Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda 
foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi 
kerak.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib 
qo'ymang. Bu materiallar pechdan chiqayotgan issiq 
havo ta'sirida yonib ketishi mumkin. Pech ortiqcha qizib 
ketishi va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli 
darajada sovuginicha o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni 
pechdan olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring 
va kuchli qaynashning oldini olish uchun pech 
o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib 
qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l 
masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni 
ta'minlash maqsadida mikroto'lqinli pech 30 
daqiqadan keyin avtomatik ravishda o'chadi. Pech 
tasodifan yoqilgan hollarda mikroto'lqinlarni yutishi 
uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish 
tavsiya qilinadi.
Bu qo'llanmada ko'rsatilgan oraliqlarga asoslangan 
holda pechni o'rnating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" 
bo'limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan 
rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
ME83KRQW-1_BW_DE68-04285B-01_UZ.indd   10
2015-01-30     2:09:19