Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. Benutzerhandbuch

Seite von 192
O'zbek - 30
4. Bayram taomlari
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
4-1
Go'sht bilan 
qiymalangan 
bulg'or qalampiri
(1) Bulg'or qalampiri - 80 grammga 2 dona, go'sht qiymasi (mol yoki 
cho'chqa go'shti) - 150-190 g (ikki qismga bo'ling), oddiy qaynatilgan 
guruch - 10-20 g, tuz - 5 g, yanchilgan murch - 0,5 g, mol go'shtidan 
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 200 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 20 g, suv - 50 ml
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda 
aralashtiring. Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni 
go'sht bilan to'ldiring. Uni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing 
(1). Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). 
Pech tovushli signal berganida aralashmani qiymalangan qalampirli bulonga 
quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4-2
Baliqli rasstegay
(1) Muzlatilgan qatlamlangan xamir (2 ta to'rtburchak shakl) - ¼ kvadrat
(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga to'rg'algan sudak biqin go'shti - 25 g, 
kubikchalarga to'rg'algan shampinonlar - 6 g, oddiy qaynatilgan guruch - 
4 g, yog'lash uchun tuxum sarig'i - ¼ dona
Xamirni muzdan tushiring. Xamirning bir qismini kerakli o'lchamlarda kesing (1).
Masalliq uchun barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring (2). Masalliqni bir bo'lak 
xamir markaziga qo'ying. Mahsulotga qayiq shaklini bering. Tuxum sarig'i bilan 
yog'lang. Tarelkaga joylashtiring. Qizartiruvchi idishni quyi taglikka qo'ying. 
Tayyorlashni boshlang.
4-3
Pishloqli suxarilar
Pishloq - 125 g (har biri 25 gramm uchun 4-5 dona), tuxum - 0,5 dona, 
bulash uchun suxari uni - 3-5 g
Pishloqni g'ishtchalarga bo'ling. Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va 
ustidan maydalangan suxari seping. Pishloqni mumlangan qog'ozga 
joylashtiring. Keyin uni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
4-4
Tovuqdan 
tayyorlangan 
kabob
Tovuq okorochkalari go'shti - 380 g, tomat pastasi - 20 g, tuz - 5 g, mayda 
to'rg'algan sarimsoqpiyoz - 3 g, o'simlik yog'i - 7 g, oddiy yogurt - 70 g, 
sixlar. Marinad uchun: pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon po'sti
Go'shtni 3 sm x 3 sm o'lchamlardagi kubiklar shaklida to'rg'ang. Marinad 
uchun blenderdan chiqarilgan pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon 
po'stini aralashtiring. Marinadni tovuq go'shti bilan aralashtiring. Go'shtni 
1 soat tuzli suvga soling. Tovuq go'shti bo'laklarini yog'och sixlarga 
o'tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin yuqori taglikka joylashtiring. 
Tayyorlashni boshlang.
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
4-5
Boyarcha go'sht
Cho'chqa bo'yni - 280 g (4 ta bo'lak), tuz - 2 g, yanchilgan qora murch - 
0,5 g, shampinon bo'laklari - 45 g, mayonez - 55 g
Go'shtga ziravorlar qo'shing. Go'shtni tarelkaga joylashtiring. Tarelkani 
baland taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal 
berganida go'shtni shampinonlarga joylashtiring va tepasidan mayonez 
qo'ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4-6
Lososli kulebyaka
Muzlatilgan qatlamlangan xamir - 130 g
Masalliq: Mayda kubikchalarga torg'algan losos biqin go'shti - 100 g, tuz 
- 1 g, qovurilgan piyoz kubikchalari - 20 g, qotirib qaynatilgan mayda qilib 
kelisgan tuxum - 30 g, tuxum sarig'i - 1 dona yog'lash uchun
Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun 
barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring. Masalliqni xamir markaziga qo'ying. 
Xamir qirralarini yopishtiring. Unga shakl bering. Bir necha kesmalar qiling. 
Tuxum sarig'i bilan yog'lang. Shakl berilgan xamirni mumlangan qog'ozga 
joylashtiring. Keyin uni quyi taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
4-7
Losos kabobi
Losos katta kubiklar - 350 dan 370 g, Limon - 25 g (sharbat), tuz - 5 g, 
o'simlik yog'i - 10 g, to'rg'algan petrushka - 10 g, sixlar
Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliqqa qo'shing. 15-20 daqiqa 
marinadlang. Keyin sizlarga o'tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin 
yuqori taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
4-8
Sabzavotlar bilan 
pishirilgan forel
Yog' - 5 g, to'rg'algan sabzi - 35 g, to'rg'algan piyoz - 25 g, mayda 
kesilgan sarimsoqpiyoz - 3 g, maydalangan selderey barglari - 5 g, forel 
- 1 dona (220-250 g), tuz - 1 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, sariyog' 
- 5 g
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz, 
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan 
forelni qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan 
yoping. Uni mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
4-9
Pechenye
Un - 85 g, shakar kukuni - 25 g, yog' - 50 g, tuxum - 0,5 dona, tuz - 1 g
Un, shakar kukuni va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum 
qo'shing.
Yaxshilab aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga 
bo'ling. Ularni mumlangan qog'oz bilan qoplangan quyi taglikka qo'ying. 
Tayyorlashni boshlang.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   30
2014-07-11     5:18:13