Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. Benutzerhandbuch

Seite von 192
O'zbek - 32
KONVEKSIYA
Konveksiya rejimida taomni oddiy isitgichdagi kabi tayyorlash mumkin. Bunda mikroto'lqin 
rejimidan foydalanilmaydi. Siz 40 °C dan 200 °C gacha bo'lgan diapazondagi talab qilingan 
haroratni o'rnatishingiz mumkin. Maksimal tayyorlash vaqti 60 daqiqa.
•  Doimo pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular 
juda issiq bo'ladi.
•  Agar pastki taglikdan foydalansangiz, qizargan po'stga ega bo'lgan holda eng yaxshi 
tayyorlangan taomni olasiz.
Qizdiruvchi elementning gorizontal holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Eshikchani oching va 
qabul qiluvchini past taglikka qo'ying va aylanuvchi patnisni o'rnating.
1.  Конвекция (Konveksiya) tugmasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: 
(konveksiya rejimi)
180 °C
(harorat)
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
haroratni o'rnating. 
(Harorat: 40~200 °C, 10 °C oraliq)
•  Agar siz 5 soniya ichida haroratni o'rnatmasangiz, avtomatik 
ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
4.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali 
tayyorlash vaqtini o'rnating. 
(Agar pechni avvaldan qizdirib olmoqchi bo'lsangiz, quyidagini 
tanlang “ : 0”)
5.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi:
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
QIZARTIRUVCHI IDISHDAN FOYDALANISH
Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, balki 
qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq va qizargan 
holda bo'ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha taomlar jadvalda 
keltirilgan (keyingi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan yana bekon, tuxumlar, sosiskalar 
kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
1.  Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis ustiga 
joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga amal qilgan 
holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan birgalikda foydalanishning 
eng yuqori quvvati [600 Vt + Gril] bilan avvaldan isitib oling.
2.  Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan 
bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi idishni 
yog'lang.
3.  Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.
4.  Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga (yoki 
aylanuvchi patnisga) joylashtiring.
5.  Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.  
(Yon tomondagi jadvalga qarang)
Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.
Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Qizartiruvchi 
idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan foydalanmang.
Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga 
joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.
Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab 
qo'yishi mumkin.
Iltimos, qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   32
2014-07-11     5:18:14