Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. Benutzerhandbuch

Seite von 192
O'zbek - 31
04
  PECHDAN FOYDALANISH
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
4-10
Klyukvali ichimlik
Muzlatilgan klyukva - 50 g, shakar - 35 g, suv - 200 ml
Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni 
katta jomga soling. Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan 
o'tkazing.
4-11
Limon sharbati
Un - 1,5 piyola, sariyog' - 60 g, shakar - 0,5 piyola, tuxum - 1 dona
Masalliq uchun: Quyultirilgan sut - 400 ml, tuxum sarig'i - 2 dona, limon 
sharbati - 0,5 piyola
Sariyog'ni shakar bilan eriting va sovuting, keyin tuxum qo'shing. 
Elangan un qo'shing va xamir qoring. Xamirga quyi bamperlarga ega 
bo'lgan silikon shaklini bering. Quyultirilgan sutni tuxum sarig'i va limon 
sharbati bilan aralashtiring. Uni xamiri ustiga bir tekis taqsimlang va pechga 
joylashtiring, va tayyorlang.
4-12
Shokoladli 
profitrollar
Un - 1 piyola, sariyog' - 125 g, suv - 1 piyola, tuxum - 4 dona, qora 
shokolad - 100 g, ko'pchitilgan krem
Idishda sariyog'ni suv bilan aralashtiring va 600 Vt quvvat bilan 3 daqiqa 
tayyorlang. Sovuting, un qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tuxumlarni 
birma-bir qo'shing, har safar yaxshilab aralashtiring. Qandolatchilik 
qopchasiga joylashtiring va aylana shaklini bering, pishirish varaqasiga 
qo'ying va keyin tayyorlang. Profitrollarni kesing va simli taglikda sovuting. 
Ko'pchitilgan krem bilan to'ldiring. Profitrollarni issiq shokolad bilan 
dasturxonga torting.
4-13
Olma pirogi
Un - 2,5 piyola, maydalangan shakar - 0,3 piyola, sovutilgan sariyog' - 
185 g, oqsil 1, shakar - 1 osh qoshiq
Masalliq uchun: Katta olmalar - 4 dona, shakar - 4 osh qoshiq + 2 osh 
qoshiq
Unni shakar bilan birgalikda stol ustida elakdan o'tkazing. Sariyog'ni 
kichkina kubchalarga kesing va unga belang. 1-2 osh qoshiq suv 
qo'shing va yumshoq elastik xamir qoring. Uni folga bilan o'rang va 1 soat 
muzlatgichga qo'ying. Olmalarni po'stini artgan holda semiz bo'laklarga 
kesing. 2/3 xamirga diametri 22 sm bo'lgan doira shakli bering. Ularga 
bamper shaklini bergan holda diametri 18 sm bo'lgan idish bilan yoping. 
Xamirga 3 ta olmani joylashtiring. Shakar seping. Qolgan xamirga aylana 
shaklini bering. Pishiriq qirralarini oqsil bilan yog'lang, ikkinchi bo'lak va 
qirra burmalari bilan yoping. Qolgan shakarni seping. Tayyorlang.
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
4-14
Yong'oqli pirog
Un - 1,5 piyola, kukunli shakar - 1 osh qoshiq, sariyog' - 125 g, limon 
sharbati - 1 osh qoshiq
Masalliq uchun: Maydalangan yong'oq - 250 g, shakar - 0,75 piyola, un - 
2 osh qoshiq, asal - 1 piyola, sariyog' - 30 g, tuxum - 3 dona
Unni shakar bilan birgalikda stol ustida elakdan o'tkazing. Sariyog'ni 
kichkina kubchalarga kesing va unga belang. Limon sharbati va 1 osh 
qoshiq suv qo'shing. Xamir qoring. Uni folga bilan o'rang va 1 soat 
muzlatgichga qo'ying. Masalliqlarni tayyorlang. Blenderdan o'tkazing 
va asal, shakar, un va tuxumdan bir jinsli massa yasang. Xamirga shakl 
bering, muntazam ravishda masalliq bilan to'ldiring, yong'oqlar bilan 
bezang, tayyorlangan aralashmani qo'shing va pechga joylashtiring, keyin 
tayyorlang.
4-15
Qulupnayli rulet
Un - 2 piyola, bir chimdim tuz, sut - 125 ml, sariyog' - 25 g, o'simlik yog'i 
- 0,5 osh qoshiq, tuxum - 2 dona, shakar - 2 osh qoshiq, quruq achitqi - 
7 g, bir chimdim vanilin
Masalliq uchun: Qulupnay - 700 g, shakar - 0,5 piyola, don kraxmali - 
2 osh qoshiq
Katta idishda achitqini iliq suvda eriting, shakar, elangan unning yarmi 
va tuz qo'shing. Aralashtiring va 1 soat tindiring. Qolgan un, 1 ta tuxum, 
sariyog' va o'simlik yog'i qo'shing. Xamir qoring va iliq joyda 1,5 soat 
tindiring. Xamir tingandan keyin. Qulupnaylarni kichkina bo'laklarga kesing 
va shakar hamda oqsil bilan aralashtiring. Yana xamir qoring va un sepilgan 
yuzada yupqa qilib yoying. Masalliqlarni xamir ustiga ozgina joy (taxminan 
2 sm) qoldirgan holda joylashtiring. Plastik ruletlarni qisqartiring, chetlarini 
qayiring. Qolgan tuxum bilan yengil yog'lang. Pechga joylashtiring va keyin 
tayyorlang.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   31
2014-07-11     5:18:13