Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 27
04
  
PECHDAN FOYDALANISH
TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN 
TUSHIRISH PARAMETRLARI
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining turli 
dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak.  
Go'sht, tovuq, baliq va mevalar/reza mevalarni sopol tarelkaga joylashtiring.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Go'sht 
200-1500 g 
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech 
tovushli signal berganida go'shtni aylantiring. 
Ushbu dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa 
go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht va 
qiymani muzdan tushirish uchun mo'ljallangan. 
10-30 daqiqa kuting.
2
Parranda 
200-1500 g 
Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga 
bilan yoping. Pech tovushli signal berganida 
parranda go'shtini aylantiring. Bu dastur butun 
tovuq va tovuq bo'laklarini tayyorlash uchun 
mosdir. 10-30 daqiqa kuting.
3
Baliq 
200-1500 g 
Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan 
yoping. Pech tovushli signal berganida baliqni 
aylantiring. Bu dastur butun baliq va baliq 
bo'laklarini tayyorlash uchun mosdir.  
10-30 daqiqa kuting.
4
Mevalar/ 
Reza mevalar 
100-600 g 
Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib 
joylashtiring. Bu dastur barcha turdagi mevalar 
uchun mos keladi. 5-30 daqiqa kuting.
Mahsulotlarni qo'lda muzdan tushirish uchun qo'lda muzdan tushirish funksiyasini 
va 180 Vt ga teng quvvat darajasini tanlang. Qo'lda muzdan tushirish va muzdan 
tushirish vaqti to'g'risida qo'shimcha ma'lumot uchun 38 – sahifaga qarang.
ISSIQ SAQLASH XUSUSIYATLARIDAN FOYDALANISH
Issiq saqlash xususiyati taom dasturxonga tortilgunicha issiq saqlaydi.
Tortishga tayyor bo‘lgunicha taomni issiq saqlash uchun shu funksiyadan foydalaning.
Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, haroratni qaynoq yoki o‘rtacha qilib tanlashingiz 
mumkin.
1.  Поддержание тепла (Issiq saqlash) tugmasini bosing.
2. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, isitish haroratini tanlang.
1.  Qaynoq
2.  O‘rtacha
3. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga 
muvofiq tayyorlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)"  
4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada 
bir marta tovushli signal beradi.
Tavsiya etilgan Issiq saqlash rejimi menyusi
1. Qaynoq Lazanya, sho‘rva, gratin, zapekanka, pitsa, steyl (yaxshi pishgan), 
bekon, baliq taomlari, quruq kekslar
2. O‘rtacha Pirog, non, tuxumdan taomlar, steyk (chala pishgan)
Sovuq taomlarni isitish uchun bu funksiyadan foydalanmang.  
Bu dastur hozirgina pishgan taomni issiq saqlashga mo‘ljallangan.
Taomni uzoq vaqt issiq saqlash tavsiya etilmaydi (1 soatdan oshiq), chunki haddan 
tashqari pishib ketadi. Issiq taom tez buziladi.
Qopqoq yoki plastik o‘ram bilan yopmang.
Taomni qalin qo'lqop bilan oling.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   27
2015-01-29     9:25:11