Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 29
04
  
PECHDAN FOYDALANISH
GRIL REJIMIDA TAYYORLASH
Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon 
beradi. Shu maqsadda mikroto'lqinli pech gril panjarasi bilan jihozlangan.
 
1.  Гриль (Gril) tugmasini bosish orqali va Yuqoriga/Pastga 
tugmasini bosib, qizdirish haroratini qo‘yish orqali grilni 
kerakli haroratga qizdirib oling.
2. СТАРТ tugmasini bosing.
3.  Qizdirib olgach, Eshikchani oching va taomni panjaraga 
qo'ying.
4.  Гриль (Gril) tugmasini bosing.
5. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, gril vaqtini qo‘ying.  
Grilda tayyorlashning eng uzoq vaqti 60 daqiqa.
6. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Grilda tayyorlash boshlanadi.  
Tayyorlash yakunlangandan keyin.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Yakunlanganini eslatish signali  
(bir daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.
Tayyorlash paytida qizdirish elementi o'chib – yonsa, xavotir olmang. 
Ushbu tizimning ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.
Pechdagi idishlarga tegayotganda doimo pech qo'lqoplaridan foydalaning, chunki 
ular qaynoq bo'ladi.
MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va 
grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto‘lqinli pechda va oddiy pechda ishlatish mumkin bo‘lgan 
anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop 
hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarni qo‘ lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.
1.  Pech eshigini oching. 
Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga 
joylashtiring. Eshikchani yoping.
2.  Combi (Birgalikda foydalanish) tugmasini bosing.
3.  Kerakli quvvat darajasi ko‘rsatilgunicha Yuqoriga/Pastga 
tugmasini bosing. Shu paytda quvvat darajasini qo'yish 
uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
3. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, tayyorlash vaqtini 
qo‘ying. Grilda tayyorlashning eng uzoq vaqti 60 daqiqa.
4. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.  
Tayyorlash yakunlangandan keyin.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Yakunlanganini eslatish signali  
(bir daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 
600 Vt.
Tegishli quvvat darajasi ko‘rsatilgunicha Yuqoriga/Pastga tugmasini bosish orqali 
kerakli quvvat darajasini tanlang.
Gril haroratini o‘rnata olmaysiz.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   29
2015-01-29     9:25:14