Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 28
YUMSHATISH/ERITISH XUSUSIYATI/TAYYORLASH
Quyidagi jadvalda Yumshatish/eritish dasturlari, miqdori, kutish vaqti va tegishli tavsiyalar 
keltirilgan.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tayyorlash usuli
1
Sariyog'ni eritish
50 g
100 g
Sariyog'ni 3 yoki 4 bo'lakka bo‘ling va 
kichkina shisha idishga soling. Berkitmagan 
holda eriting. Tayyorlagandan keyin 
aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
2
Qora shokoladni 
eritish
50 g
100 g
Qora shokoladni qirg'ichdan o'tkazing va 
kichkina shisha idishga soling. Berkitmagan 
holda eriting. Eriganidan keyin aralashtiring. 
1-2 daqiqa kuting.
3
Shakarni eritish
25 g
50 g
Shakarni kichkina shisha idishga soling.  
25 g shakarga 10 ml suv va 50 g shakarga  
20 ml suv qo'shing. Berkitmagan holda 
eriting. Ehtiyotlik bilan oling, pech 
qo'pqoplaridan foydalaning. Qoshiq yoki 
vilkadan foydalaning va pishirish qog'oziga 
karamel bezaklarini quying. Qurigunicha  
10 daqiqa kuting va qog'ozni oling.
4
Sariyog'ni 
yumshatish
50 g
100 g
Sariyog'ni 3 yoki 4 bo'lakka bo‘ling va 
kichkina shisha idishga soling. Berkitmagan 
holda yumshating. Tayyorlagandan keyin 
aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
YUMSHATISH/ERITISH FUNKSIYASIDAN 
FOYDALANISH
Yumshatish/eritish xususiyatidan foydalanganda, tayyorlash vaqti avtomatik ravishda 
o'rnatiladi. Taomni tanlash uchun Yumshatish/Eritish tugmasini va Yuqoriga/Pastga 
tugmasini kerakli marta bosing.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani 
yoping.
1.  Растапливание (Yumshatish/Eritish) tugmasini bosib, 
Yuqoriga/Pastga tugmasini bosish orqali toifani tanlang. 
Keyin o‘rnatish uchun tanlash tugmasini bosing.
2.  Kerakli taomni tanlash uchun Yuqoriga/Pastga tugmasini 
bosing.
3. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga 
muvofiq tayyorlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)"  
4 marta miltillaydi. Keyin pech har daqiqada 
bir marta tovushli signal beradi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   28
2015-01-29     9:25:12