Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 14
Bug'da pishirgich bilan GRIL va BIRGALIKDAGI rejimlardan FOYDALANMANG.
Ishlatish rejimi
MT
GRIL
KOMBI
(Bug'da pishirgich)
O
X
X
pechdan foydalanish 
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan 
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini 
o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•  Muzdan tushirish (qo'lda va avtomatik)
•  Taom tayyorlash
• Isitish
Taom tayyorlash tamoyili.
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar aylanuvchi 
patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. 
Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.  Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha 
kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot ichida 
tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi 
xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:
•  Mahsulotlarning miqdori va zichligi
•  Ularning tarkibidagi suvning miqdori
•  Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi 
uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom 
ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu 
yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
•  Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
•  Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri 
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi.
Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. Aylanuvchi 
patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1.  СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
Natija: 
800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) 
ko'rsatkichlari namoyish qilinadi
2.  Doiraviy shkalani bosgandan keyin (800 Vt) Doiraviy 
shkalani burash va СТАРТ/+30сек (START/+30son) 
tugmasini bosish orqali vaqtni 4-5 daqiqaga o'rnating.
Natija: 
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana 
boshlaydi.
1)  Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash 
jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta 
tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga 
aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq 
qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun 
ko'proq vaqt talab qilinadi.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   14
2014-07-17     2:06:32