Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 15
04
  PECHDAN FOYDALANISH
TAOM TAYYORLASH/ISITISH
Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Keyin eshikchani 
yoping.
1.  СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
Natija: 
800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) 
ko'rsatkichlari namoyish qilinadi:
2.  Doiraviy shkalani tegishli quvvat darajasi namoyish 
qilingunicha burang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu 
vaqtda Doiraviy shkalani bosing. 
3.  Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlash vaqtini 
o'rnating.
Natija: 
Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.
4.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija: 
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana 
boshlaydi.
1)  Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash 
jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta 
tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.
Agar siz taomni qisqa vaqt ichida eng yuqori quvvat darajasida (800 Vt) isitmoqchi 
bo'lsangiz, shunchaki tayyorlash vaqtining har 30 soniyasi uchun СТАРТ/+30сек 
(START/+30son) tugmasini bosing. Pech darhol ishga tushadi.
VAQTNI BELGILASH
Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektr quvvati berilganda 
displeyda vaqtning ":0", "88:88" yoki "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi. 
Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi 
mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:
•  Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
•  Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin
Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni 
unutmang.
1.  Doiraviy shkalani bosing.
Vaqt...
24 soatli formatda.
12 soatli formatda.
2.  Vaqtni namoyish qilish turini tanlash uchun Doiraviy 
shkalani burang. (24S yoki 12S). Shu vaqtda vaqt turini 
tanlash uchun Doiraviy shkalani bosing.
3.  Soatni o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang. Soatni 
o'rnatish uchun shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing.
4.  Daqiqani o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang.
5.  O'rnatishni tugallash uchun Doiraviy shkalani bosing.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   15
2014-07-17     2:06:32