Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 16
QUVVAT DARAJALARI
Siz quyida keltirilgan quvvat darajalaridan bittasini tanlashingiz mumkin.
Quvvat darajasi
Chiqish quvvati
MWO
GRIL
YUQORI
800 Vt
-
O'RTACHA YUQORI
600 Vt
-
O'RTACHA
450 Vt
-
O'RTACHA PAST
300 Vt
-
MUZDAN TUSHIRISH
180 Vt
-
PAST/ILIQ TAOM
100 Vt
-
GRIL
-
1100 Vt
COMBI I
600 Vt
1100 Vt
COMBI II
450 Vt
1100 Vt
COMBI III
300 Vt
1100 Vt
Agar siz yuqoriroq quvvat darajasini tanlasangiz, tayyorlash vaqti qisqarishi kerak. 
Agar siz quyiroq quvvat darajasini tanlasangiz, tayyorlash vaqti ortishi kerak.
TAOM TAYYORLASH VAQTINI O'RNATISH
Har bir bosish bilan 30 soniya tayyorlash vaqtini qo'shgan holda 
taom tayyorlash vaqtini СТАРТ/+30сек (START/+30son) 
tugmasini bosish orqali orttirish mumkin.
Siz yana qo'shilishi kerak bo'lgan har 10 soniya uchun Doiraviy 
shkalani bir marta burash orqali ham tayyorlash vaqtini 
orttirishingiz mumkin.
TAOM TAYYORLASHNI TO'XTATISH
Taom holatini tekshirish uchun taom tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin.
1.  Vaqtinchalik to'xtatish;
1)  Eshikni oching.
Natija: 
Taom tayyorlash jarayoni to'xtaydi. Taom tayyorlash 
jarayonini qayta tiklash uchun eshikchani yoping va 
yana СТАРТ/+30сек (START/+30son)tugmasini 
bosing.
2)  СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Natija: 
Taom tayyorlash jarayoni to'xtaydi. Tayyorlash 
jarayonini qayta tiklash uchun yana СТАРТ/+30сек 
(START/+30son) tugmasini bosing.
2.  To'liq to'xtatish; 
СТОП/ECO (TO’XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Natija: 
Taom tayyorlash jarayoni to'xtaydi. Agar taom 
tayyorlash parametrlarini bekor qilmoqchi 
bo'lsangiz, yana СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) 
tugmasini bosing.
Shunchaki СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosgan holda parametrlarni 
taom tayyorlash jarayoni boshlanishidan oldin bekor qilish mumkin.
QUVVATNI TEJASH REJIMINI O'RNATISH
Ushbu pech quvvatni tejash rejimi nilan jihozlangan. Ushbu rejim pechdan 
foydalanilmayotgan vaqtda elektr quvvatini tejab qolishga imkon beradi. Oddiy holat 
kutish rejimidir va foydalanilmayotgan vaqtda soatni ko'rsatadi.
•  СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Natija: 
Displey o'chadi.
•  Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani oching 
yoki СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing, keyin 
displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi. Shundan keyin pech 
foydalanish uchun tayyor bo'ladi.
Quvvatlarni avtomatik tejash funksiyasi 
Agar siz qurilma o'rnatish o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtab turish holatida 
bo'lganida birorta ham funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va 
25 daqiqadan keyin soat namoyish qilinadi. 
5 daqiqadan keyin eshikcha ochilgan holda pech chirog'i o'chadi.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   16
2014-07-17     2:06:33