Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 17
04
  PECHDAN FOYDALANISH
RUS TAOMLARI FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Rus taomlarini avtomatik tayyorlash funskiyasi 41 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash 
vaqtlariga ega. Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1.  Русская кухня (Rus taomlari) tugmasini bosing.
2.  Doiraviy shkalani burash orqali o'zingiz tayyorlamoqchi 
bo'lgan toifani tanlang, keyin o'rnatish uchun Doiraviy 
shkalani bosing. 
Va keyin Doiraviy shkalani burash orqali o'zingiz 
tayyorlamoqchi bo'lgan taomni tanlang. 
Turli avvaldan dasturlangan sozlanmalarning bayonini ko'rish 
uchun keyingi betdagi jadvalga qarang.
3.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija :  Taom tayyorlash jarayoni boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
BUG'DA TOZALASHDAN FOYDALANISH (FAQAT MG23H3115B*, 
MG23H3115N*, MG23H3115P*, MG23H3115X* MODELLARDA)
Bug'da tozalash tizimi tomonidan ta'minlanadigan bug' pech kamerasi sirtiga singadi.
Bug'da tozalash funksiyasidan foydalangandan keyin siz pech kamerasini osongina 
tozalashingiz mumkin.
Bu funksiyadan faqat pech butunlay sovugandan keyingina foydalaning. 
(Xona harorati)
Distillangan suvdan emas, faqat oddiy suvdan foydalaning.
1.  Eshikni oching.
2.  Suv idishining tashqi tomonidagi ko'rsatmali chiziqqa (suv 
darajasi) amal qilgan holda suv bilan to'ldiring. (Chiziqqacha 
taxminan 50 ml.)
3.  Suv idishini tayyorlash kamerasi o'ng devorining yuqoridagi 
suv idishi ushlagichiga joylashtiring. Shu vaqtda eshikni 
yoping.
4.  Очистка паром (Bug'da tozalash) tugmasini bosing. 
Bug'da tozalash vaqtida TUMANLI bo'lganini ko'rish 
mumkin. Bu nuqson emas, BALKI BUG' ICHKARIDAGI 
chiroqni TO'SIB QO'YADI.
5.  Eshikni oching va pech bo'shliqlarini quruq oshxona sochig'i 
bilan arting. Aylanuvchi patnisni oling va faqat taglik ostlarini 
oshxona qog'ozi bilan arting.
Suv idishdan faqat "Очистка паром (Bug'da tozalash)" rejimi vaqtidagina 
foydalanish mumkin. 
Suyuq bo'lmagan narsalarni tayyorlashda suv idishni olib qo'ying, chunki u 
shikastlanadi va mikroto'lqinli pechda yong'in chiqishiga olib keladi.
50 mldan ko'proq suv teshik orqali orqa paneldan suv oqib ketishiga olib kelishi 
mumkin. Suvning 50 mldan ko'p emasligiga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   17
2014-07-17     2:06:33