Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 26
Iltimos, qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.
Qizartirish uchun idishni bevosita aylanuvchi patnisda qizdirish tavsiya qilinadi.
Qizartirish uchun taomni 600 Vt + Gril funksiyasi yordamida 3-4 daqiqa qizdiring.
Jadvaldagi vaqt ko'rsatmalari va yo'riqnomalariga amal qiling.
Taom
Porsiya hajmi
Quvvat
Tayyorlash vaqti 
(daq.)
Bekon
4 bo'lak (80 g)
600 Vt + Gril
3½-4
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bo'laklarni qizartiruvchi idishga 
yonma-yon joylashtiring. 
Qizartiruvchi idishni panjaraga qo'ying. 3 daqiqa kuting.
Tomat-gril
200 g (2 dona)
450 Vt + Gril
4½-5
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pomidorlarni teng ikkiga bo'ling. 
Ularning ustiga pishloq qo'ying. Pomidorlarni idishga aylana shaklida joylashtiring. 
Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 3 daqiqa kuting.
Burger 
(muzlatilgan)
2 dona (125 g)
600 Vt + Gril
7-7½
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Muzlatilgan burgerni idishga aylana 
shaklida joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 4-5 
daqiqadan keyin ag'daring. 3 daqiqa kuting.
Bagetlar 
(muzlatilgan) 
200-250 g (2 dona)
450 Vt + Gril
8-9
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bitta bagetni markazga, ikkita bagetni 
idishga yonma-yon holda qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 
4 daqiqa kuting.
Pitstsa 
(muzlatilgan)
300-350 g
450 Vt + Gril
7½-8½
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pitstsani qizartirish uchun idishga 
joylashtiring. Qizartiruvchi idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 2 daqiqa kuting.
Pishirilgan 
kartoshkalar 
250 g
500 g
600 Vt + Gril
5-6
8-9
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Kartoshkalarni teng ikkiga bo'ling. 
Ularni qizrtiruvchi idishga kesilgan tomonini pastga qaratgan holda joylashtiring. 
Aylana shaklda joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 
3 daqiqa kuting.
QIZARTIRUVCHI IDISHDAN FOYDALANISH  
(FAQAT MG23H3115N*, MG23H3115X* MODELLARDA)
Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, 
balki qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq va 
qizargan holda bo'ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha taomlar 
jadvalda keltirilgan (keyingi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan yana bekon, tuxumlar, 
sosiskalar kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
1.  Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis ustiga 
joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga amal qilgan 
holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan birgalikda foydalanishning 
eng yuqori quvvati [600 Vt + Gril] bilan avvaldan isitib oling.
2.  Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan 
bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi idishni 
yog'lang.
3.  Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.
4.  Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga  
(yoki aylanuvchi patnisga) joylashtiring.
5.  Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.  
(Yon tomondagi jadvalga qarang)
Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.
Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Qizartiruvchi 
idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan foydalanmang.
Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga 
joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.
Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab 
qo'yishi mumkin.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   26
2014-07-17     2:06:35