Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 28
MENING IDISHIM FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Mening idishim xususiyatlari 2 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlariga ega. Ular uchun 
tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi. Siz tayyorlanadigan porsiyalar 
sonini doiraviy shkala dastasini buragan holda belgilashingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1.  Замороженные блюда (Mening idishim) tugmasini 
bosing.
2.  Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlanayotgan taom 
turini tanlang.
3.  Taom turini tanlash uchun Doiraviy shkalani bosing.
4.  Doiraviy shkalani buragan holda porsiya miqdorini tanlang. 
(Yon tomondagi jadvalga qarang.)
5.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining 
turli dasturlari, mahsulot hajmi va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval 
har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak. Go'sht, tovuq, baliq, mevalar/reza 
mevalarni sopol tarelkaga joylashtiring.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Go'sht
200-1500 g
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida go'shtni aylantiring. 
Ushbu dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa go'shti, 
bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht va qiymani muzdan 
tushirish uchun mo'ljallangan. 10-30 daqiqa kuting.
2
Parranda 
go'shti
200-1500 g
Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan 
yoping. Pech tovushli signal berganida parranda go'shtini 
aylantiring. Bu dastur butun tovuq va tovuq bo'laklarini 
tayyorlash uchun mosdir. 10-30 daqiqa kuting.
3
Baliq
200-1500 g
Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech 
tovushli signal berganida baliqni aylantiring. Bu dastur 
butun baliq va baliq bo'laklarini tayyorlash uchun mosdir. 
10-30 daqiqa kuting.
4
Mevalar/Reza 
mevalar
100-600 g
Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring. 
Bu dastur barcha turdagi mevalar uchun mos keladi.
Mahsulotlarni qo'lda muzdan tushirish uchun qo'lda muzdan tushirish funksiyasini 
va 180 Vt ga teng quvvat darajasini tanlang. Qo'lda muzdan tushirish va muzdan 
tushirish vaqti to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 36-sahifaga qarang.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   28
2014-07-17     2:06:35